Menu
Categories
Ahmad Turon Исмат Хушевга: siz kabi ziyoliylar islohotlarga yordam berishi zarur…
01/10/2019 Редакция почтасидан

Qurultoy-yahsi boshlanish, shunday uchrashuvlar davomli bo’lsin.
Butun O’zbek halqi, ayniqsa siz kabi ziyoliylar islohotlarga yordam berishi zarur, bu halqimizga Mirziyaev timsolida berilgan tarihiy imkoniyatdir.

Islohotlarning qanday borayotganining me’zoni halq hayotidagi ijobiy o’zgarishlardir. Uning yana ham tez va keng qamrovli bo’lishi uchun, yana nima qilish mumkinligini aytish, kamchiliklari to’g’risida fikr bildirish unga qarshi e’mas, bilaks mamlakatni yana ham tezroq rivojlanish darajasini ko’tarish, diktaturadan qolgan illatlarni tezroq tugatish uchun zarur.

Prezident Mirziyaev bizdan, halqdan ayni shuni kutmoqda va unga shunday yo’rdam kerak. Avvalgiday haybarakallachilik, hamma narsani yazshi, bundan yaxshi bo’lmaydi, dunyoda bizni tan olishdi deyaversak yo’ldan chiqib ketish havfi bor.

Namoz Normo’min hech qanday moddiy va ma’naviy imtiyoz kutmay, ayni shu maqsadda gapirmoqda, tashabbus bilan chiqmoqda, afsuski hamma tomondan asossiz ta’nalarga qolmoqda.

Aslida u ham hammangiz kabi e’lga yahsiliklar tilovchi asl vatanparvardir. U va unga o’hshaganlarga ularning ham Ona yurti – O’zbekiston bag’rini ochishi kerak, Vatanga bo’rib o’zining demokratik davlatlarda o’rgangan hayotiy tajribasini halqqa o’rgatsin, siyosiy partiyalar ochsin, iqtisodiy investiciyalar qilsin.

Chet e’llarda yurgan Namoz Normo’minlar bitta e’mas- minglab, yuz minglab. Afsuski hozir yo’l keng ochilmadi. Agar shularga yo’l ochilsa O’zbekiston o’zining mehnatkash halqi bilan 2-3 yilda kishi boshiga ishlab chiqarish hajmini 4-5 marta oshirib Qozgistonga etib olar e’di.

E’tiboringiz uchun Ozbekistonda kishi boshiga ishlab chiqarish yiliga – 1500 $, Qozog’istonda – 8500 $. Shu real raqamlarning o’zi bizning qanday yahsayotganimizni va qanday katta ishlar qilishimiz kerakligini ko’rsatib turibdi.

Shuning uchun hammamizga Alloh kuch-quvvat bersin, bahamjihat harakat qilaylik va bir birimizni qo’llaylik bu qisqa dunyoda.

Ahmad Turon

Leave a Reply
*