Menu
Categories
 Собир Тўлаганов: Ахмад ҳожи Хоразмий домланинг ғаройиб шарҳларини ўқиб…
01/23/2019 Бош мақола

  Собир Тўлаганов:

Ахмад ҳожи Хоразмий шарҳларини ўқиб

ёхуд

Динимизга шак келтиришда ноҳақ айблашдан эҳтиёт бўлайлик

(кирилча матн лотинчасидан кейин келади)

Axmad hoji Xorazmiy sharhlarini o’qib

yoxud

Dinimizga shak keltirishda nohaq ayblashdan ehtiyot bo’laylik

Shu yil 19 – yanvar kuni “Dunyo o’zbeklari” saytida e`lon qilingan, Said-Abdulaziz Yusupovning “- Futbol fanatligi-Fiyesta Faxsh-” ko’rsatuviga professor Axmad hoji Xorazmiy qoldirgan sharhlarni o’qib biroz batafsil fikr bildirishni lozim topdim.

Aslida bu ko’rsatuv, “Xabar.uz” saytidagi, muallifi Said-Abdulaziz Yusupov bo’lgan, “Oq va qora” ko’rsatuvining 2018 yil may oyida e`lon qilingan “Axborotning yoshlar ongiga ta`siri …” mavzusiga bag’ishlangan sonidan iborat bo’lib, u “Dunyo o’zbeklari” da ikkinchi bor e`lon qilinishi edi.

U ko’rsatuv mazmuniga batafsil to’xtalishga zarurat yo’q, zero harkim “Dunyo o’zbeklari”dan yoki “Xabar.uz”dan uni topib xotirasiga tiklashi mumkin. Mening e`tiborimni tortgan holat, professor Axmad hoji Xorazmiy janoblarinig mazkur ko’rsatuv ostida qoldirgan quyidagi sharhlari bo’ldi:

“Мен муҳтарам Саид Абдулазизга “Фақр”, “Фақирлик” калимасини ишлатишда маъсулятни сезишни маслаҳат берган бўлардим.

Расулуллоҳ саллаллоҳу алейҳи вассалам: “Фақирлик фахримдир”, “Фақирлигим билан мақтанурман”, деганлар. Сўфий(тасаввуф)нинг бош талаби ҳам фақирлик ҳисобланади.

Бу киши исми шарифидаги “Саид” калимасига қараганда бу одам Пайғамбаримиз авлодидан кўринади. Агар шундай бўлса, “Фақирлик” калимасини тўғри ишлатиш ундан икки карра кўпроқ масулятни талаб қилади.”

Va men, quyidagicha fikr qoldirdim:

Axmad hoji Xorazmiy brodarimizga!

Adashmasam, “Oq va qora” ko’rsatuvining mazkur soni “Dunyo o’zbeklari” saytida ikkinchi marta qo’yilayapti va Siz, mazkur ko’rsatuv muallifiga, ikkinchi bor “ma`suliyatni sezishni” maslahat berayapsiz.

Basharti, Said-Abdulaziz Yusupov mazkur chiqishida “faqr”(“faqirlik”) atamasidan foydalanilgan ma`no uchun, Siz boshqa mosroq aniq atamani taklif qilganingizda edi, e`tirozingiz (maslahatingiz) qandaydir ma`no kasb etar edi. Qolaversa, Payg’ambarimiz aytgan fikrlarini ifoda etish uchun tarjimon shu atamadan foydalangan.

Mening bu fikrimga javoban, professor Axmad hoji Xorazmiy janoblari quyidagi javobni qoldiribdilar:

Профессор Собир акага.

Ассалому алейкум домла.

Аввало ташаккур, мен ёзган нарсага муносабат билдирибсиз.

Сиз ҳақсиз, аввал ҳам “Фақр” калимасини ишлатишига муносабат билдирганман. Агар бошқа кўрсатувларида ҳам “Фақр” калимасини шу йўсинда ишлатса, яна муносабат билдиришга ҳаракат қиламан. Сабаб шуки, билган мусулмон учун бу фарз қилинган.

Сиз айтгандай “Фақр” калимасининг ўрнига “Қашшоқ”, “Ғариб” каби атамаларни таклиф қилмоқчи эдим-у, андиша қилдим. Сабаб, муаллифни тилшуносликда ўзимдан юқори ҳисобладим. “Фақр” сўзини жойида ишлатмаганига келсак, балки эътиборсизлик қилгандир. Ёки атайлаб, айниқса, сўфийларнинг жиғига тегиш учун қилаяптимикан? Ундай бўлмаса керак, чунки муаллиф мулоҳазали одам кўринади.

Aslida Professorimizning, mazkur ko’rsatuvga qoldirgan boshlang’ich sharhlarida, muallifga hurmat bilan munosabatda bo’lganlari(“muhtaram” so’zini ishlatganlari)ni samimiy bilib,men biroz xotirjam bo’lgan edim. Gap shundaki, avval Axmad hoji janoblari Said-Abdulaziz Yusupovning qaysidir maqolasiga sharh qoldirganlarida, muallifni “bu bola” deb tilga olgan edilar.

Biroq, mening fikrimga javoban, keyingi qoldirgan sharhlarini o’qiganimda, Axmad hoji janoblari «muhtaram» so’zini samimiylik bilan aytmaganlariga iqror bo’lib, xotirjamligim o’rnini biroz noxushlik-xavotir egalladi. Qarang-a, Professorimiz, “муаллиф мулоҳазали одам кўринади” va “муаллифни тилшуносликда ўзимдан юқори ҳисобладим” de-ya tan ola-turib, “Ёки атайлаб, айниқса, сўфийларнинг жиғига тегиш учун қилаяптимикан?” deb, uni gumon ostiga olganlar. Bu gumon, “qiziqqonroq” so’fiylarda ko’rsatuv muallifiga nisbatan gij-gijlovchi ta`sir qoldirishi mumkinligini o’ylamay aytilgan, tutiriqsiz tuhmat ishorasi ekanini, ko’rsatuvni xolisona sinchkov tinglab ko’rgan har bir inson tushunadi. Axmad hoji Xorazmiy janoblari, ko’rsatuv muallifiga, “faqir” atamasi o’rniga “qashshoq”, “g’arib” kabi atamalarni taklif qilmoqchi ekanliklarini aytganlar. Bu atamalar anglatadigan ensiklopedik ma`nolar, ko’rsatuvda tilga olingan “ma`naviy faqirlik”larni eng yaxshi aks ettirmasligi ham bor gap. Lekin gap bunda emas. Bahsimizga befarq qolmagan Ahmad Turon brodarimiz “faqr” atamasini “g’arib” atamasi bilan yoki boshqa yaqin atama bilan almashtirish hech qancha ahamiyat kasb etmasligiga ishora berib, “shu kabi e’shittirishlarda hozirgi zamon holatini ifodalashga, tanqid qilishga harakat borligi ijobiy hol” ekanini urg’ulab, fikr bildiribdilar. (Bu brodarimiz maqolalarini kirilchaga o’tkazib Bosh muharrir ixtiyorlariga yuborayapman, saytga qo’yilsa, lotinchaga ko’nikma hosil qilmagan o’quvchilar ham Ahmad Turon mushohadalari bilan tanishishlari mumkin bo’ladi.)

Axmad hoji Xorazmiy janoblarining fikrlashlaridan kelib chiqiladigan bo’lsa, diniy ilmlar va hadislar tarjimasida ishlatilgan muhim atamalarning hech birini boshqa hayotiy fikrlar bayonida ishlatmaslik lozim. Bu mutlaq mantiqqa zid. Aslida, atama qanday ma`noda kelayotgani bayon etilgan fikrda ma`lum bo’ladi, yoki muhokama qilinayotgan mavzu bo’yicha kontekstda qaysi ma`noda qo’llanilayotgani to’g’risida izoh berilgan bo’ladi.

Til madaniyatining bosh talabi, aytilmoqchi fikrni (adabiy til qoidalari inobatga olinganda) boshqa ma`noda talqin qilinish xavfiga yo’l qo’ymaslikni nazarda tutadi (albatta, badiiy adabiyotdagi so’z o’yinlari bundan istisno). Kezi kelganda shuni ham aytib o’tish lozimki, til madaniyatining bu muhim talabiga “idoraviy tilda” qat`iy rioya qilinmasligi xalqimizni ko’p nohaqliklarga duchor qilayotgan fojialardan biri bo’lib kelgani ham ayon.

Said-Abdulaziz Yusupovning mualliflik ko’rsatuvida ilgari surilgan fikrlar aniq-tiniq bo’lib, islom ta`limiga ham zid keladigan holatlar tanqid nishoniga olingan.

Mening nazarimda, Axmad hoji janoblarining e`tirozlari shakl va ma`no-mohiyatni farqlanmagani oqibatida tug’ilgan. Payg’ambarimiz Muhammad SAW “faqirlik faxrimdir” deganlarida va “so’fiylikning bosh talabi faqirlik” deyilganida, “moddiy faqirlik” nazarda tutiladi. Said-Abdulaziz Yusupovning ko’rsatuvida esa, “faqirlik” deyilganda “ma`naviy faqirlik” nazarda tutilayotgani muhim takidlanadi. Ma’naviy faqirlik nima ekani misollar bilan tushintiriladi. Dinimiz ham qoralovchi, yoshlarni ma’naviy faqirlikka yetaklovchi omillar targ’ib qilinmasligi uchun ommaviy axborot mutasaddilari javobgar ekani urg’ulanadi.

Ko’rinishdan, qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor Axmad hoji Xorazmiy janoblari rioya qilishni istayotgan musulmonlar uchun farz” etilgan amal mohiyatini ishonchliroq manbadan yana bir bor aniqlashtirib olsalar ortiqcha bo’lmas, zero bandasi xatolikdan xoli emas.

Mulohazalarim nihoyasida, so’z yuritilayotgan ko’rsatuv muallifi to’g’risida, ikki og’iz fikr aytmoqchiman.

Men, mustaqil analitik va terrolog Said-Abdulaziz Yusupovni, 3-4 yil avval “Dunyo o’zbeklari” saytidagi maqolalari orqali, o’zimga kashf etganman. U, maqolalari ostida, “sangtarosh usta” ekanini qayd etar edi. Biroq men,”sangtaroshlik” uning “kasbiy taxallusi” bo’lsa kerak, deb taxmin qilar edim. Zero, uning maqolalari har jihatdan shunchalar “taroshlangan” o’tkir ediki, uni, toshdan mo’jizaviy san`at asari yaratadigan sangtaroshga majoziy qiyoslash o’rinliday ko’rinar edi. Bu tashbehim kimlargadir bo’rttirib yuborilgandek tuyulsa, uning biror maqolasi bilan tanishishni, hech bo’lmasa, uning bir maqolasi to’g’risida, xalq mehriga sazovor bo’lgan shoir Xurshid Davron bildirgan fikrdan olingan quyidagi parchaga quloq tutib ko’rishni taklif etgan bo’lardim:

“Саид-Абдулазиз Юсуповнинг мазкур мақоласини ўтган йилнинг сўнгги кунларида ўқиган бўлсам-да, у бугунгача қайта-қайта онгу шууримда қалқиб туради… Менмақоламни йўлнинг бошида, бизни нималар кутаётганидан бехабар ҳолда ёзган бўлсам, Саид-Абдулазиз ўз мақоласида чорак аср ичида дунёни бутунлай  ўзгартирган сиёсий, иқтисодий, маънавий жараёнларни назардан қочирмай, ўша жараёнлар  ва   босиб ўтган йўлимиз давомида йўл қўйган адашуву алданишларимиз оқибатида  айни соатдаги турмушимизни аниқ-равшан идрок этиб, фикрлайди.”

Men Said-Abdulaziz Yusupovning maqolalarini, mualliflik ko’rsatuvlarini sharhlash niyatida emasman, bunday vazifani arzigulik uddalay olmasligimni ham bilaman. Men aytmoqchi bo’lganim, uning ilmiy darajasi-ilmiy unvoni va bir xalta ilmiy ishlari-yu- yozgan kitoblari bor-yo’qligini bilmasamda, u, tafakkuri kengligi, chuqur mushohadaliligi, Olloh bergan ulkan iqtidor sohibiligi, ko’p qirrali bilimdon faylasufligi bilan, ko’plab yurtdosh professor-olimlarga nisbatan ancha yuqori turishiga, istalgan auditoriyada guvohlik berishim mumkin.

Yurtdoshlarimizga aytmoqchi bo’lgan taklifim: u yoki bu masalada dinimizda berilgan “fatvo”lar mohiyatini chuqur anglamay, boshqalarni dinimizga shak keltirishda nohaq ayblashdan ehtiyot bo’laylik.

23.01.2019, AQSh

Sobir To’laganov

Ахмад ҳожи Хоразмий шарҳларини ўқиб

ёхуд

Динимизга шак келтиришда ноҳақ айблашдан эҳтиёт бўлайлик

Шу йил 19 – январ куни «Дунё ўзбеклари» сайтида эълон қилинган, Саид-Абдулазиз Юсуповнинг «- Футбол фанатлиги-Фиеста Фахш-» кўрсатувига профессор Ахмад ҳожи Хоразмий қолдирган шарҳларни ўқиб бироз батафсил фикр билдиришни лозим топдим.

Аслида бу кўрсатув, «Хабар.уз» сайтидаги, муаллифи Саид-Абдулазиз Юсупов бўлган, «Оқ ва қора» кўрсатувининг 2018 йил май ойида эълон қилинган «Ахборотнинг ёшлар онгига таъсири …» мавзусига бағишланган сонидан иборат бўлиб, у «Дунё ўзбеклари» да иккинчи бор эълон қилиниши эди.

У кўрсатув мазмунига батафсил тўхталишга зарурат йўқ, зеро ҳарким «Дунё ўзбеклари»дан ёки «Хабар.уз»дан уни топиб хотирасига тиклаши мумкин. Менинг эътиборимни тортган ҳолат, профессор Ахмад ҳожи Хоразмий жаноблариниг мазкур кўрсатув остида қолдирган қуйидаги шарҳлари бўлди:

«Мен муҳтарам Саид Абдулазизга «Фақр», «Фақирлик» калимасини ишлатишда маъсулятни сезишни маслаҳат берган бўлардим.

Расулуллоҳ саллаллоҳу алейҳи вассалам: «Фақирлик фахримдир», «Фақирлигим билан мақтанурман», деганлар. Сўфий(тасаввуф)нинг бош талаби ҳам фақирлик ҳисобланади.

Бу киши исми шарифидаги «Саид» калимасига қараганда бу одам Пайғамбаримиз авлодидан кўринади. Агар шундай бўлса, «Фақирлик»калимасини тўғри ишлатиш ундан икки карра кўпроқ масулятни талаб қилади

Ва мен, қуйидагича фикр қолдирдим:

Ахмад ҳожи Хоразмий бродаримизга!

Адашмасам, «Оқ ва қора» кўрсатувининг мазкур сони «Дунё ўзбеклари» сайтида иккинчи марта қўйилаяпти ва Сиз, мазкур кўрсатув муаллифига, иккинчи бор «маъсулиятни сезишни» маслаҳат бераяпсиз. Башарти, Саид-Абдулазиз Юсупов мазкур чиқишида «фақр»(«фақирлик») атамасидан фойдаланилган маъно учун, Сиз бошқа мосроқ аниқ атамани таклиф қилганингизда эди, эътирозингиз (маслаҳатингиз) қандайдир маъно касб этар эди.

Қолаверса, Пайғамбаримиз айтган фикрларини ифода этиш учун таржимон шу атамадан фойдаланган.

Менинг бу фикримга жавобан, профессор Ахмад ҳожи Хоразмий жаноблари қуйидаги жавобни қолдирибдилар:

Профессор Собир акага.

Ассалому алейкум домла.

Аввало ташаккур, мен ёзган нарсага муносабат билдирибсиз.

Сиз ҳақсиз, аввал ҳам «Фақр» калимасини ишлатишига муносабат билдирганман. Агар бошқа кўрсатувларида ҳам «Фақр» калимасини шу йўсинда ишлатса, яна муносабат билдиришга ҳаракат қиламан. Сабаб шуки, билган мусулмон учун бу фарз қилинган.

Сиз айтгандай «Фақр» калимасининг ўрнига «Қашшоқ», «Ғариб» каби атамаларни таклиф қилмоқчи эдим-у, андиша қилдим. Сабаб, муаллифни тилшуносликда ўзимдан юқори ҳисобладим. «Фақр» сўзини жойида ишлатмаганига келсак, балки эътиборсизлик қилгандир.

Ёки атайлаб, айниқса, сўфийларнинг жиғига тегиш учун қилаяптимикан? Ундай бўлмаса керак, чунки муаллиф мулоҳазали одам кўринади.

Аслида Профессоримизнинг, мазкур кўрсатувга қолдирган бошланғич шарҳларида, муаллифга ҳурмат билан муносабатда бўлганлари(«муҳтарам» сўзини ишлатганлари)ни самимий билиб, мен бироз хотиржам бўлган эдим. Гап шундаки, аввал Ахмад ҳожи жаноблари Саид-Абдулазиз Юсуповнинг қайсидир мақоласига шарҳ қолдирганларида, муаллифни «бу бола» деб тилга олган эдилар.

Бироқ, менинг фикримга жавобан, кейинги қолдирган шарҳларини ўқиганимда, Ахмад ҳожи жаноблари «муҳтарам» сўзини самимийлик билан айтмаганларига иқрор бўлиб, хотиржамлигим ўрнини бироз нохушлик-хавотир эгаллади. Қаранг-а, Профессоримиз, «муаллиф мулоҳазали одам кўринади» ва «муаллифни тилшуносликда ўзимдан юқори ҳисобладим» де-я тан ола-туриб, «Ёки атайлаб, айниқса, сўфийларнинг жиғига тегиш учун қилаяптимикан?» деб, уни гумон остига олганлар. Бу гумон, «қизиққонроқ» сўфийларда кўрсатув муаллифига нисбатан гиж-гижловчи таъсир қолдириши мумкинлигини ўйламай айтилган, тутириқсиз туҳмат ишораси эканини, кўрсатувни холисона синчков тинглаб кўрган ҳар бир инсон тушунади. Ахмад ҳожи Хоразмий жаноблари, кўрсатув муаллифига, «фақир» атамаси ўрнига «қашшоқ», «ғариб» каби атамаларни таклиф қилмоқчи эканликларини айтганлар. Бу атамалар англатадиган энсиклопедик маънолар, кўрсатувда тилга олинган «маънавий фақирлик»ларни энг яхши акс эттирмаслиги ҳам бор гап. Лекин, гап бунда эмас. Баҳсимизга бефарқ қолмаган Аҳмад Турон биродаримиз «фақр» атамасини «ғариб» атамаси билан ёки бошқа яқин атама билан алмаштириш ҳеч қанча аҳамият касб этмаслигига ишора бериб, «шу каби эшиттиришларда ҳозирги замон ҳолатини ифодалашга, танқид қилишга ҳаракат борлиги ижобий ҳол» эканини урғулаб, фикр билдирибдилар.(Бу бродаримиз мақолаларини кирилчага ўтказиб Бош муҳаррир ихтиёрига юбораяпман, сайтга қўйилса, лотинчага кўникма ҳосил қилмаган ўқувчилар ҳам Аҳмад Турон мушоҳадалари билан танишишлари мумкин бўлади.)

Ахмад ҳожи Хоразмий жанобларининг фикрлашларидан келиб чиқиладиган бўлса, диний илмлар ва ҳадислар таржимасида ишлатилган муҳим атамаларнинг ҳеч бирини бошқа ҳаётий фикрлар баёнида ишлатмаслик лозим. Бу мутлақ мантиққа зид. Аслида, атама қандай маънода келаётгани баён этилган фикрда маълум бўлади, ёки муҳокама қилинаётган мавзу бўйича контекстда қайси маънода қўлланилаётгани тўғрисида изоҳ берилган бўлади.

Тил маданиятининг бош талаби, айтилмоқчи фикрни (адабий тил қоидалари инобатга олинганда) бошқа маънода талқин қилиниш хавфига йўл қўймасликни назарда тутади (албатта, бадиий адабиётдаги сўз ўйинлари бундан истисно). Кези келганда шуни ҳам айтиб ўтиш лозимки, тил маданиятининг бу муҳим талабига «идоравий тилда» қатъий риоя қилинмаслиги халқимизни кўп ноҳақликларга дучор қилаётган фожиалардан бири бўлиб келгани ҳам аён.

Саид Абдулазиз Юсуповнинг муаллифлик кўрсатувида илгари сурилган фикрлар аниқ-тиниқ бўлиб, ислом таълимига ҳам зид келадиган ҳолатлар танқид нишонига олинган.

Менинг назаримда, Ахмад ҳожи жанобларининг эътирозлари шакл ва маъно-моҳиятни фарқланмагани оқибатида туғилган. Пайғамбаримиз Муҳаммад САВ «фақирлик фахримдир» деганларида ва «сўфийликнинг бош талаби фақирлик» дейилганида, «моддий фақирлик» назарда тутилади. Саид-Абдулазиз Юсуповнинг кўрсатувида эса, «фақирлик» дейилганда «маънавий фақирлик» назарда тутилаётгани муҳим такидланади. Маънавий фақирлик нима экани мисоллар билан тушинтирилади. Динимиз ҳам қораловчи, ёшларни маънавий фақирликка етакловчи омиллар тарғиб қилинмаслиги учун оммавий ахборот мутасаддилари жавобгар экани урғуланади.

Кўринишдан, қишлоқ хўжалик фанлари доктори, профессор Ахмад ҳожи Хоразмий жаноблари риоя қилишни истаётган «мусулмонлар учун фарз» этилган амал моҳиятини ишончлироқ манбадан яна бир бор аниқлаштириб олсалар ортиқча бўлмас, зеро бандаси хатоликдан холи эмас.

Мулоҳазаларим ниҳоясида сўз юритилаётган кўрсатув муаллифи тўғрисида икки оғиз фикр айтмоқчиман.

Мен, мустақил аналитик ва терролог Саид-Абдулазиз Юсуповни, 3-4 йил аввал «Дунё ўзбеклари» сайтидаги мақолалари орқали, ўзимга кашф этганман. У, мақолалари остида, «сангтарош уста» эканини қайд этар эди. Бироқ мен, «сангтарошлик» унинг «касбий тахаллуси» бўлса керак, деб тахмин қилар эдим. Зеро, унинг мақолалари ҳар жиҳатдан шунчалар «тарошланган» ўткир эдики, уни, тошдан мўжизавий санъат асари яратадиган сангтарошга мажозий қиёслаш ўринлидай кўринар эди. Бу ташбеҳим кимларгадир бўрттириб юборилгандек туюлса, унинг бирор мақоласи билан танишишни, ҳеч бўлмаса, унинг бир мақоласи тўғрисида, халқ меҳрига сазовор бўлган шоир Хуршид Даврон билдирган фикрдан олинган қуйидаги парчага қулоқ тутиб кўришни таклиф этган бўлардим:

«Саид-Абдулазиз Юсуповнинг мазкур мақоласини ўтган йилнинг сўнгги кунларида ўқиган бўлсам-да, у бугунгача қайта-қайта онгу шууримда қалқиб туради… Мен мақоламни йўлнинг бошида, бизни нималар кутаётганидан бехабар ҳолда ёзган бўлсам, Саид-Абдулазиз ўз мақоласида чорак аср ичида дунёни бутунлай  ўзгартирган сиёсий, иқтисодий, маънавий жараёнларни назардан қочирмай, ўша жараёнлар  ва   босиб ўтган йўлимиз давомида йўл қўйган адашуву алданишларимиз оқибатида  айни соатдаги турмушимизни аниқ-равшан идрок этиб,  фикрлайди.»

Мен Саид-Абдулазиз Юсуповнинг мақолаларини, муаллифлик кўрсатувларини шарҳлаш ниятида эмасман, бундай вазифани арзигулик уддалай олмаслигимни ҳам биламан. Мен айтмоқчи бўлганим, унинг илмий даражаси-илмий унвони ва бир халта илмий ишлари-ю- ёзган китоблари бор-йўқлигини билмасамда, у, тафаккури кенглиги, чуқур мушоҳадалилиги, Оллоҳ берган улкан иқтидор соҳиби экани, кўп қиррали билимдон файласуфлиги билан, кўплаб юртдош профессор-олимларга нисбатан анча юқори туришига, исталган аудиторияда гувоҳлик беришим мумкин.

Юртдошларимизга айтмоқчи бўлган таклифим: у ёки бу масалада динимизда берилган «фатво»лар моҳиятини чуқур англамай, бошқаларни динимизга шак келтиришда ноҳақ айблашдан эҳтиёт бўлайлик.

23.01.2019, АҚШ

Собир Тўлаганов

"3" Comments
  1. Валейкум ассалом Собир ака.
    Илтимос, менга нисбатан “жаноблари” атамасини ишлатмасангиз, худдий киноя қилгандай туюлади менга. Мен сизга самимий ва оддий қилиб “Собир ака” деяяпманку, сиз ҳам “ука” деб мурожат қилаверинг.
    Мен ҳам тушинаман, “Фақир”, “Қашшоқ”, “Ғариб” ва ҳакоза каби терминларни молиявий томонга ҳам, жисмоний томонга ҳам руий томонга ҳам ишлатиш мумкин.

    Мен бор йўғи Абдулазизга айниқса “фақир” сўзини у ишлатаётган маъноларда зарурат бўлмаса ишлатмасликни таклиф қилдим холос. Уни танқид ҳам қилмадим. Унинг бу даражада буюк файласуф эканини билганимда эҳтиёт бўлардим албатта.

    Ўрни келганида айтай, мен Юсуповнинг маърузасини биринчи марта тинглаганимда “Горбачевга ўхшар экан”, деган ҳаёлга борганман ва “Бу маърузани эфирга беришдан олдин ҳамкасбларингиз билан танқидий бир кўриб чиқсангиз бўлар экан”, деган таклифни ҳам ёзганман.

    Абдулазизни “Юсупов замонамизнинг Аллоҳ юқтирган кучли файласуфи” деб таърифлабсиз. Балки шундайдир. Лекин: “У мендан (фан докторидан!)10 чандон юқори туради, десам ҳам оз”, деганингизда жуда ошириб юбормадингизми? Шу ташбеҳингизни унинг ўзидан, ҳатто истаган бир одамдан сўрангчи, қабул қилишармикан.

    Ўрни келганида бир нарсани айтай.
    Тошкентда Рустамжон Абдуллаев деган иқтисодчи олим бор, билсангиз керак. Сиз каби, мен ҳам уни замонамиз олимларининг пешволаридан бири деб биламан ва ўзимдан юқори санайман.

    У “Озодлик”даги бир суҳбатда: “Гулнора Ўзбекистон маликаси.
    Иқтисод фанлари номзоди “Академик” И.Каримов иқтисод илмида мендан минг марта устун туради”, деган. Шундан кейин шу одамдан ихлосим қайтган. Гулнорани ва Каримовни ёқтирмаганимдан эмас, Рустам аканинг ҳеч бир мантиққа сиғмайдиган лаганбардорлигидан ҳафсалам пир бўлган.

    Хулоса қилиб айтмоқчиман, икки ўртада биз Абдулазизнинг обрўйига путур етказаяпмиз. Бунинг учун ундан узр тилашимиз керак. Ва ниҳоят, маҳмаданалик бўлсада яна бир таклиф айтай: “Мен бор йўғи бир математикман”, деганингиз билан бобокалоним Ал-Хоразмийнинг рухи покларини безовта қилган бўлманг-да.

  2. Sobir To'laganov

    Assalomu alaykum Axmad hoji janoblari, “мақсадингизни тушиндим” debsiz-ku, afsuski, meni yaxshi angalamabsiz. Balki, yozganlarim unchalik ham tushinarlik chiqmagandir yoinki diqqat bilan o’qiganda ham tushinmaslik mumkindir. Ammo, baxsimizga sabab bo’lgan asosiy mavzudan chetlab ketibsiz.
    Maqolada aytilgan fikrlarda yetarlicha urg’ulagan bo’lsamda, o’zimni hech qancha kamsitmagan holda, quyidagi e’tirofni aytmoqchiman. Bu e`tirofim bilan sizni tezroq xotirjam etib, baxs mavzuimizga qaytishlikni taklif etmoqchiman, zero u ko’pchilikni befarq qoldirmaydigan muhim masala.
    Men baralla aytamanki, Said-Abdulaziz Yusupov zamonamizning Oloh yuqtirgan kuchli faylasufi. U mendan o’n chandon yuqori turadi, desam ham o’zimni maqtagan bo’laman. Men, fan doktori bo’lsamda, bir matematikman, Olloh kamdan-kam bandasiga faylasuflikni ato etadi.

  3. Ассалому алейкум Собир ака.
    Ғаройиб шарҳларимга ёзган ажойиб муносабатингизни диққат билан ўқидим. Бекам Парвардигор, дейилгани асосида ғаройиб шарҳларимни яна бир бор таҳлил қилиб чиқдим, мақсад, сизнинг муносабатингиздаги фикрларнинг ичида тўғриси бўлса расман кечирим сўрамоқчи эдим.

    Мен унга нисбатан ишлатган “бу бола” термини ижобий йўналишда бўлиб, унга қойил қолиш маъносида эди. Жумлани тўлиқ келтирмай, бу сўзни контекстдан юлиб олганингиздан мақсадингизни тушиндим.

    “Юсуповнинг кўплаб профессор олимларга нисбатан анча юқори эканлигига гувоҳлик бераман”, деганингизни ўқиб “ҳарким ўз қаричи билан ўлчайди” деган мақол эсимга келди. Юсуповни академиклардан, ҳатто алломалардан ҳам юқори, десангиз ҳам ҳақингиз бор.

    Сиздан ёшим, илмий салоҳиятим кичигроқ бўлсада бир таклиф айтай. Юқоридаги жумлангизни: “Юсупов мен(Собир Тўлаганов)га ўхшаган профессорларга нисбатан анча юқори эканлигига гувоҳлик бераман”, деб ўзгартиринг. Акс ҳолда профессор олимларга ихонат келтирган бўласиз.

Leave a Reply
*