Menu
Categories
Aslida Jalilov qamalishidan boshlandi o´zbek moshinalarini kasodi…
03/08/2019 Бош мақола

Assalomu alaykum!

Yahshmisiz Ismataka, hormang, ishlar bilan charchamaybsizmi?
Ozodlikning bir yoqlama xabar yoritishi ba´zan odamni jahlini chiqaradi.

SHu kunlarda birdan yana bir kishini ustidan bir yoqlama propaganda berganiga munosabat bildiray dedim dunyo o´zbekalri minbarida.

Albatta chop qilishga lozim topsangiz.

Hurmat bilan Karim

 

Ўзбекистон - GM Uzbekistan собиқ бош директори Тоҳир Жалилов

Ўзбекистон – GM Uzbekistan собиқ бош директори Тоҳир Жалилов

Ko´rga hassa

Shu kunlarda internet sarhadlariga yana UzDaewoo Rossiya, GM O`zbekiston haqida ma´lumot tashlandi.

Albatta har doimgidek Tohir Jalilovni ismini zikr qilmasdan iloji yoq yoinki u odatdagidek asosiy “salbiy” qahramon.

Qaerdan bitta shaxsga shuncha e´tibor.

Ozodlik shunga kelganda qamchi urib bosgandek.

Aslida Jalilov qamalishidan boshlandi o´zbek moshinalarini kasodi. Rossiyaning o´zbek moshina bozori egasiz qoldi. U yerga yangi qoyilgan boshliqlar tayyor taashkilotlarni yeb bitirish bilan ovvora bo´lsa kerakki bittayam Ravon sota olishmadi shuncha vaqttan beri. Ozodlik har 3 oyda bittayam Ravon sotilmadi Rossiyada deb yangilik chiqarib turadi.

Yangiliklarda Jalilov moshinalar exporti bo´yicha kuchli mutaxassisligni xatto dushmanlari e´tirof etishadi deyilgandi. Shimoliy Afrikaga export haqida muzokaralar bolayapti degan xabarlar berilgan edi.

GM O´zbekistonni rus bozoridan siqib chiqarishdan nima maqsad bolganini anglay bilmadim. Balkim xozir bolayotgandek Rossiyadagi mol-mulklarni talon tarok qilish bo´lganmi. Yoki bira to´la GM dan tehnokratlarni yoq qilib yana o´sha MXXni buyruqbozlari to´liq egaligiga o´tkazish bo´lganmi? Zavodni yoq qilib maydalab sotish milliardlab egasiz pulni o´zlashtirish imkoniyatini beradida ucharlarga. Natijada 10 minglab odam ishsiz qolsihi mumkin.

Yana bitta nuqtani eslasam, moshinalarni Qozoqistonga chiqarib keyin O´zbekistonga qaytib olib kirib sotish sxemasi!? Seriya nomeri bo´ladiku, qanday qilib bitta seriyalik moshina ham export ham import bo´ladi yolgon ham sal evi bilanda. DAN registraciyasi, bojhona qanaqa qilib registraciya qiladi?

Kommentlarda o´qidim “shapkada” Tohir aybdor deyishibdi vatandoshlarimiz u Rossiyada 10-20 yil davomida ishlab moshina sotib yursada “shapka” O´zbekistonda bo´lsa, Rossiyada shapka yoqku do´stlar.
Shapka Uz Daewoo ochilishi bilan sun´iy deficit yasash orqali MXXning o´ylab topgan hunari edi.

Ko´rga hassadek hammayoq aniq har xolda men uchun Jalilovni chetlatishdi moshina sotilmayapti demak u mashnialarni exportida motor bo´lgan. Hozir endi qishloq ho´jalik maxsulotlari exportiga qarasak yana o´sha gap bir necha million exporttan 2-3 yil ichida milliardga qarab o´sdi. Tehnokratlar ishalsin buyruqbozlar. Eski zamonlar o´tib ketti.

Ozodlikka:
Ozodlik zakazga maqola yozishiga ishonmayman ammo sensaciya orqasidan bir yoqlama bo´rttirib yozishlarni bas qilsangiz bo´lardi.

Bu kishini menga issiq sovug´i yoq, lekin adolat yuzasidan qorasini yozdingizmi oqiniyam yozing!

Karim

Leave a Reply
*