Menu
Categories
“Исмат Хушев билан юзма юз” теледастурларини кўриб
03/17/2019 Бош мақола

Assalomu alaykum Ismat aka,

avvalombor siz olib borayotgan dasturingizdan o’zim uchun kerakli ma’lumot olayotganimdan, hursandman va bu ijodiy loyiharingiz kelgusida faqat rivojlanishini istayman.

Bilmadim bu maktubimni maqola deb aytishim, balkim noto’g’ridur.

You tube dagi dasturingizni imkoniyat doiramdan kelib chiqib ko’rib boraman, hatto 4-5 marta o’z fikrimni va siz bilan viber yoki telegram orqali bog’lanishni ham auditoriyadan iltimos qilib so’radim, biroq ijobiy javob olmadim.

Umid qilaman mening pochtamga o’sha viber nomeringizni qoldirarsiz.

Men haqimga kelsak, oddiygina 7-8 yildan buyon musofirchilikda ishlab yurgan, biroq o’sha qaddimizni ko’tarib, viqor bilan “Biz Temuriylar, Beruniyu, Ibn Sino, Buhoriyu-Moturidiylar avlodimiz”, “biz hech kimdan kam emasmiz” deb baralla bong urib kelgan rahbarlarimiz bilan teng haq-huquqga (afsuski faqat konstitutsida) ega bo’lgan yuz minglab, balkim millionlab chet davlatlarda halol mehnat qilayotgan, ziyoli bir oilaning vakili, O’bekiston Respublikasining fuqarosiman.

Bilasizmi yuqorida bo’layotgan gap-so’zlardan, podvalga tushishlardan siz kabi to’g’ridan-to’g’ri malumot olish imkoniga ega bo’lmasamda, o’sha tekshiruv va ochilayotgan jinoiy ishlar pirovardida yurtimizning demokratik salohiyatiga foydasi tegarmikan deb o’ylanaman.

Bir qarasang to’qchlikda, tinch-omon yashayotgandek ko’ringan zahmatkash halqimiz, korrupsiya, poraho’rlik, lisemeriya kabi illatlar girdobida o’zining butkul tanazzulga qarata yo’lini belgilagandek.

Men o’rta osiyoda ikkinch Amerika, yoki daniya, norvegiya kabi hur fikrli, tenglik asosidagi davlatni o’zginasini kasf etmoqch emasman, chunki tuzim, prezidentimiz o’zi tan olib aytganidek – “eskidan qolgan ahlat”dan sarqitlarni birdaniga tozalash, ularni zararsizlantirish oson emasdur, balkim Sh. Mirziyoev siz aytgandek juda hafli bir minalashgan hudud markazidadur…

O’sh prezidentimiz boshlagan islohotlarga men ham joni-dilim bilan o’zimni hissamni qo’shar edim, agarda sal durustroq oylik maosh bo’lganda.

Mening bitta taklifim, o’sha la’nati poraho’rlik, korrupsiyaga, hujjatlar falsifikatsiyasi kabi jinoyat turlariga – jiddiy qarab, halq, davlatning porloq kelajagi hafsizligi va ilmiy salohiyatimizni o’ylab…. o’lim yoki bir umirlik qamoq jazosi berilishi kerak!!!

To’g’ri, bugungi kunimizga kelib, o’lim jazosi ko’pgina rivojlangan davlatlarda olib tashlangan, balkim halqaro insoniylik normalariga bu taklifim ziddir, nima bo’lganda ham reforma amalda, halqni emin-erkin fikrida yaqqol ko’rinishi kerak, konstitutsiya yoki boshqa qonundagina emas.

Bir hil vaqtlar o’ylanaman, balkim biror video lavha tayorlasammi ekan yoki nimadir deb, lekin o’sha tizim ostida ulg’ayib, atrofni kuzatib, you tube dagi dasturlaringiz ostida hatto o’z fikrimni qoldirishga QO’RQAMAN, lekin hech qanday diniy yoki irqiy adovat uyg’tuvchi, davlat tuzimini to’ntarishga qarshi hech qanday tuzilma, jinoiy guruhga a’zo emasman va bundaylarga o’zim qarshiman.

Shunday, erkin fikrimni aytishga bo’lgan bu “ahmoqona” qiziqishim, meni ham o’sha siz ta’kidlagan shantaj, tuhxmat va bo’htonlar botqogi’ga bizni ishongan davlat tashkilotimiz (…) tomonidan uloqtirib tashlamasmikan deb havoturga tushaman.

Bundan ortiq (qo’rquvdek) insoniyatga jazo bo’lmasa kerak.

Fikrim yakunida, sizning barcha yaqinlaringizga, oilamgizga faqat yahshiliklarni, o’zingizga esa ijodiy barkamollik va farzandlar rohatini tilayman.

Salomat bo’ling

The best wishes mister Albert.

(Хат таҳрирсиз эълон қилинди)

“Дунё ўзбеклари” редакция почтасидан

Leave a Reply
*