Menu
Categories
O’zbekiston iqtisodiyotini ko’tarish uchun nima qilmoq kerak? – Shohruhmirzo
05/07/2019 Редакция почтасидан

O’zbekiston iqtisodini ko’tarish uchun nima qilish kerak degan savolga men oddiy inson sifatida shunday javob beraman, avvalo bir dona fidoyi inson O’zbekistondagi barcha tadbirkoru biznessmenlarni korxona rahbarlarini chin yurakdan qòllashi kerak va har bir viloyat shahar va qishloqlarga borib ularga ya’niy yangi loyihalarni amalga oshirmoqchi bòlganlarga e’tibor qaratishi lozim.

Yana bir samarali yòli chet elda ishlab òz biznessini yòlga qòyib ulgurgan chet elda faoliyat yurituvchi Vatandoshlarimiz bilan uchrashish kerak deb hisoblayman.

Yana bir eng yaxshi va mushkul tubdan burulishlarga ega bòlgan yòli iqtisodiyot bilan boģliq bòlgan faqat u bilan shugullanuvchi, tadbirkorlar, biznessmenlarni qòllab quvvatlovchi, hamda iqtisodiyot narx navo masalalarini kuzatib taxlil qilib boruvchi shavfof bòlgan O’zbekiston Iqtisodiyot Qa’notlari mustaqil kengashini tashkil qilmoģ kerakdir.

Biz avvalo rivojlangan davlatlarga har bir iqtisodchilarimizni biznessmenlarimizni tadbirkorlarimizni yuborishimiz kerak ular òzlariga tajriba orttirishi kerak ishlab chiqarish texnalogiyalari bilan yanada yaqindan tanishishlari kerak.

Narxlarning pastlashi haqidagi fikrim

1 Bir maxsulotni ishlab chiqarish uchun avvalo uning tarkibiga kiritiladigan maxsulotlarni òrganib òzimiz ishlab chiqarishimiz kerak. Shunda chet eldan yoxud boshqa viloyatlardan sotib olishimiz hisobida narx navo oshib ketishi kabi holatdan sal chetlashamiz.

2. Uskuna apparatlarimiz ishlashi uchun zarur bòlgan elektor energiyasini quyosh, shamol, kanallar oqim tezligi yordamida olishni tadbirkorlar uchun yòlga qòyish ular, bulardan hech qanday soliqlarsiz foydalanishlari kerak deb hisoblayman.

Bilib qòyishimiz kerak agar xalqimiz boy bòlmas ekan davlat ģovak daraxtga òxshab qoladi.

Bu mening xalqim vatanim oldida uning rivojiga hissa qòshish niyyatida yozgan sof fikrlarimdir.

Hokimiyat tepasidagi fidoyilar xalqparvarlar
Bizlar òz Vatanimiz ichidan kelgusida buyuk bòlishi mumkin bòlgan yoshlarni nafaqat yoshlar balki òrta yoshdagi katta yoshdagilarni ham topib kashf etishimiz darkor,

Bunga ham e’tibor qarating.

Shohruhmirzo

Leave a Reply
*