Menu
Categories
Ismat Xushev va u kishi atrofida aylanayotgan gaplarga munosabat…
05/28/2020 Бош мақола

Adolat hammaga kerak…

Ismat Xushev va u kishi atrofida aylanayotgan gaplarga munosabat.

Qadrli yurtdoshlar,

Siyosiy o’yinlar hech qachon toza bo’lmagan, bo’lmaydi ham. Lekin, “beldan pastga urish” ifloslikdir…

Qora mergan degan trollning kimligini bilmayman, bilish istagim ham yo’q. Lekin, siyosiy tortishuvlar bahonasida kishining oilasiga, xotiniga, qizlariga tuhmat qilish, haqorat qilish u kishining pastligini bildirib turibdi.

Bu mening qizil chizig’im…

Eslasanguz, Yusuf Rasulning “Yangidunyo” saytini yopib yuborganman…

Sababi, Yusuf saytda Muhammad Solihning oilasini nishonga olgan maqolani e’lon qilgani edi. Yusufga aytdim, uka, yaxshi bo’lmabdi, olib tashlang, dedim.

Yusuf ko’nmaganidan keyin radikal qaror oldim va saytini yopdim…

Muhammad Solihga nisbatan mening o’z fikrim, qarashlarim bor. Ular qanday bo’lishidan qat’iy nazar, men adolat tarafida turib, uning oilasi va shaxsini haqoratlardan himoya qilganman…

Bu – bir insonlik burchidir…

Xuddi shu nuqtai nazar bilan, men bugun Ismat Xushevning yonidaman…

Avvalo, aytib qo’yishim kerak bo’lgan bir-ikki xusus bor:
Ismat Xushev – men tanigan O’zbeklar ichida eng durust va eng tanti kishilardan biridir…

Minnat bo’lsa ham aytay: Ko’p odamlarga yaxshilik qildim, 90 foizi nonko’rlik qildi. Yaxshilik qilganlarimdan qaytmagan yaxshilikni men Ismat Xushevdan ko’rdim…

Qo’yadigan bitta aybingiz Prezidentni maqtaganimi? Yoki biringizga yomonlik qilib burningizni qonatdimi? Pulingizni yeb ketdimi? Uyingizni yoqib yubordimi?

Insof ham kerak axir…

Men bilgan Ismat Xushev qo’lidan kelsa hammaga yaxshilik qiladigan ajoyib bir insondir…

10 yillar avval, men ham Ismat Xushevni yoqtirmasdim, ishonmasdim, uzoq turardim… Hatto urishib ham ketganmiz 2012 yillarda 😊.

Ammo, yaqindan bilganim sari hurmatim oshdi, mehr paydo bo’ldi. Bugun u kishi haqida iliq fikr bildirishim shu tufayli va samimiydir…

Ozbekistondagi siyosiy o’zgarishlar haqidagi fikrlariga qo’shilmaydigan joylarim bor, lekin bu u kishining tanlovi, va menga hech bir tomondan halaqit berayotgani yo’q…

Qolaversa, Ismat Xushev talantli bir jurnalist bo’lishdan tashqari, demokratlikka ham o’rnak desak, siz qo’shilmaysizmi?

O’zini tanqid qilgan fikrlarni ham saytida beradi. Siz, bugun unga mag’zava ag’darayotgan bo’talarim, shu ishni hech qilganmisiz?

Bunaqa harakatni qilish chinakam yigit kishining qo’lidan keladi…

Qolaversa, O’zbekistonda Shavkat Mirziyoyev eng kamida so’z erkinligi va fikr erkinligini tiriltirdi, ish odamlariga ancha imkonlar yaratdi.

Fikrimcha, bir tarafdan Rusiya, ikkinchi tarafdan Xitoy o’rtasida qolgan O’zbek yurtini eson-omon olib o’tish uchun harakat qilayapti…

Albatta ki, Prezidentlar tanqid qilinadi va qilinishi kerak ham.

Ammo, na Davlat rahbarini, na Ismat Xushevni oilasiga til tekkizib jirkanch gaplar bilan haqorat qilishga haqqingiz yo’q…

Siz, o’z xotiningiz, o’z qizingiz haqida shunaqa gaplar aytilsa chidaysizmi?

Xullas, bu ifloslikni qilgan kim bo’lsa ham, qasos haqqi qozondi deyman…

Adolatning yo’rig’i shu…

Adolat bir kuni hammaga kerak bo’ladi…

Faxriddin Tojimurod,
Toronto, Kanada,
28-may, 2020

https://www.facebook.com/ustaaka

Leave a Reply
*