Menu
Categories
DXX 5 kg “geroin”, 17 kg “opiy” hamda qariyb 2 kg “gashish”ni musodara qildi
12/20/2020 Бош мақола

DXX 5 kg “geroin”, 17 kg “opiy” hamda qariyb 2 kg “gashish” moddalarini musodara qildi

DXX Chegara qo’shinlari axborot xizmati xabariga ko’ra, Tojikiston Respublikasi fuqarosi Sheroz Kurbonzoda davlat chegarasining Toshkent viloyati Bekobod tumanidan o’tadigan qismidan O’zbekiston hududiga noqonuniy ravishda o’tgan vaqtida DXX CHQ harbiy xizmatchilari tomonidan qo’lga olindi.

Unga tegishli bo’lgan 2 ta xo’jalik qopi ko’zdan kechirilganda, 24 ta o’ram borligi aniqlandi. O’tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko’ra, ushbu o’ramlarda 5 kg. 9 gr. geroin, 17 kg. 259 gr. opiy hamda qariyb 2 kg. gashish moddalari borligi ma’lum bo’ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari doirasida Q.SH.ning ushbu noqonuniy ishiga aloqador bo’lgan 2 nafar mahalliy fuqaroga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.

https://uzreport.news/

Leave a Reply
*