Menu
Categories
“Ташаббус.ўз”: Канадага иммиграция қилишнинг янги имконлари
04/02/2013 В США и Канаду - на учебу, работу и проживание
 канада

Kanadaga immigratsiya qilishning yangi imkonlari (Ikkinchi maqola)

02 Aprel, 2013

Muallif: 

BO`LIM: XALQARO HUQUQ

180

Rakhmad Sobirov*

Oldin nashr etilgan maqolamizda (“Kanadada yashash huquqini qanday qo’lga kiritish mumkin?”) va’da qilganimizdek, ushbu maqolada Kanadaga immigratsiya orqali kelishning eng yangi imkoni, ya’ni “Federal Skilled Trades Program” haqida batafsilroq to’xtalmoqchimiz.

Bu immigratsiya dasturi Kanada federal hukumati amalga oshirgan eng yangi immigratsiya dasturi bo’lib, 2013-yilning 2-yanvaridan boshlab amal qila boshladi. Kanada Immigratsiya va Fuqarolik Departamenti boshlig’ining fikriga qaraganda, bu yangi dastur Kanadaning ba’zi hududlarida mavjud bo’lgan ish kuchi tanqisligini baftaraf etishga yordam beradi va Kanada iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir qiladi. Kanadadagi korxonalarning ishchilarga bo’lgan ehtiyojini inobatga olgan holda tayyorlangan bu yangi dastur, ba’zi kasb va hunar egalari uchun Kanadaga immigratsiya qilishni nisbatan osonlashtirgan.

Ushbu yangi dastur bo’yicha Kanada hukumati 2013-yilda ma’lum bir kasb egalari bo’lgan insonlardan uch mingga (3000) yaqin immigratsiya uchun arizalar (application) qabul qiladi. Bu kasblar soni 43 tani tashkil qilib, hukumat ulardan 17 tasini har biriga 100 ta ariza qabul qilish orqali cheklab qo’ygan. Qolgan 26 ta kasb bo’yicha bunday cheklovlar yo’q. Masalan, o’sha cheklangan kasblar orasiga “Duradgorlar” ham kiradi va bu yili faqatgina 100 ta duradgordan ariza qabul qilinadi. Cheklanmagan kasblar orasiga kirgan “Elektrik” yoki “Aviatexnikl va Samolyot Inspektorlari” kasb yo’nalishlari bo’yicha arizalar cheklanmagan miqdorda qabul qilinadi.

Jami 3000 ta arizadan 1700 tasi cheklangan kasblarga ajratilgan bo’lsa, qolgan 1300 tasi cheklanmagan kasblarga to’g’ri keladi. Bu degani, agar to’g’ri kelsa, o’sha 1300 ta arizaning hammasiga faqat, masalan,  elektrik kasbida ishlovchilarnigina  olishlari mumkin. Qabul qilinadigan arizalarning umumiy soni aniq bo’lgani uchun, bu dasturdan foydalanmoqchi bo’lganlar kerakli hujjatlarni tayyorlab, imkon boricha, erta topshirishlari kerak.

Xo’sh, bu dasturga kimlar ariza topshira oladi?

1-talab: Kasbingizga Kanadada ehtiyoj bo’lishi kerak

Quyidagi kasblarning har biriga 100 ta ariza qabul qilish cheklovi qo’yilgan. Bu kasblar texnika, hunar va mexanikaga bog’liq bo’lganligi uchun ularning nomlarini rus tilida berishni ma’qul topdik:

  • Contractors and supervisors, electrical trades and telecommunications occupations – подрядчики и инспектора по специальности электрооборудование и телекоммуникация;
  • Contractors and supervisors, carpentry trades – подрядчики и инспектора по деревообделочному производству;
  • Contractors and supervisors, other construction trades, installers, repairers and servicers –подрядчики и инспектора по другим специализациям в строительном дело, а также монтажники, ремонтные рабочии;
  • Carpenters – плотники и столяры;
  • Contractors and supervisors, mechanic trades – подрядчики и инспектора по специальности машиностроительство;
  • Contractors and supervisors, heavy equipment operator crews – подрядчики и старшые оператора по управлению тяжёлой техникой;
  • Supervisors, logging and forestry – инспектора по производству лесоматериалов и лесоводству;
  • Supervisors, mining and quarrying – инспектора горнодобывающей промышленности;
  • Contractors and supervisors, oil and gas drilling services – подрядчики и инспектора поспециальности нефтегазовых буровых услуг;
  • Logging machinery operators – операторы лесозаготовочного оборудование;
  • Agricultural service contractors, farm supervisors and specialized livestock workers – подрядчики по сельскохозяйственным работам, инспектора ферм и  инспектора специализированного скота;
  • Supervisors, mineral and metal processing – инспектора по переработке минерального сырья и металлообработке;
  • Supervisors, petroleum, gas and chemical processing and utilities – инспектора по переработке нефти, газа и химического обогащение;
  • Supervisors, plastic and rubber products manufacturing – инспектора по производствупластмассовых и резинотехнических изделий;
  • Central control and process operators, mineral and metal processing – операторы центрального управление и операторы-технологи по переработке минерального сырья и металлообработке;
  • Power engineers and power systems operators – инженеры-энергетики и диспетчера энергосистем;
  • Water and waste treatment plant operators – операторы заводов по очистке воды и утилизации отходов.

 

Quyidagi kasblarga esa cheklovlar qo’yilmagan:

  • Machinists and machining and tooling inspectors – операторы-станочники и инспектора по механической обработке и инструментальной оснастке;
  • Sheet metal workers – кровельщики;
  • Structural metal and plate work fabricators and fitters – изготовители стальных конструкций, сборщики металлоконструкций и монтажники металлоконструкций;
  • Ironworkers – монтажники металлоконструкций; слесари-арматурщики; слесари-монтажники; монтажники-высотники;
  • Welders and related machine operators – сварщики;
  • Electricians (except industrial and power system) – электрики (за исключением электриков в области промышленности и электроснабжения);
  • Industrial electricians – электрики в области промышленности;
  • Power system electricians – электрики систем электроснабжения;
  • Electrical power line and cable workers – электрики электросетей и электрики подземных линий электропередачи;
  • Telecommunications line and cable workers – работники телекомуникационных линий и укладчики кабеля;
  • Telecommunications installation and repair workers – работники по установке, технического обслуживанию и ремонту телекоммуникационных систем;
  • Plumbers – сантехники;
  • Steamfitters, pipefitters and sprinkler system installers – слесари по паровому отоплению, слесари-водопроводчики, монтажники систем орошения;
  • Gas fitters – газопроводчики и газовщики (специалисты по установке систем газоснабжения);
  • Construction millwrights and industrial mechanics – специалисты по центровке и промышленныемеханики;
  • Heavy-duty equipment mechanics – механики оборудований для тяжёлых условий работы;
  • Refrigeration and air conditioning mechanics – механики холодильной техники и кондиционированию воздуха;
  • Railway carmen/women – машинисты(ки) локомотивов;
  • Aircraft mechanics and aircraft inspectors – авиамеханики и инспектора по самолётам;
  • Elevator constructors and mechanics – монтажники и механики лифтов;
  • Crane operators – операторы кранов;
  • Drillers and blasters – surface, mining, quarrying and construction – бурильщики и взрыватели – открытый способ, горнопромышленный, открытые горные работы, строительство;
  • Water well drillers –  бурильщики артезианских скважин;
  • Underground production and development miners – шахтёры, подземные горноработники и шахтёры по вскрытию месторождений;
  • Oil and gas well drillers, servicers, testers and related workers – бурильщики газонефтяных скважин, специалисты по обслуживанию скважин, пластоиспытатели и другие работники;
  • Petroleum, gas and chemical process operators – операторы нефтяных, газовых и химических процессов.

 

2-talab: Kanadaning Kvebek viloyatidan tashqarida yashashni rejalashtirishingiz lozim

Ushbu yangi dastur faqatgina Kvebek viloyatidan tashqarida yashmoqchi bo’lganlar uchun bo’lib, agar siz Kvebekda yashamoqchi bo’lsa, o’tgan maqolamizda tilga olingan “Quebec‑selected skilled workers”kategoriyasi orqali immigratsiyaga hujjat topshirishingiz lozim.

3-talab: Ingliz yoki fransuz tilini kerakli darajada bilishingiz kerak

Umumiy qilib aytadigan bo’lsak, Kanadada ingliz va fransuz tillari davlat tillari hisoblanib, bu ikki tildan birini bilganlar immigratsiya qilishlari mumkin. Yana shuni ta’kidlash kerakki, fransuz tilini bilgan inson faqatgina Kvebek viloyatiga immigratsiya qilishi shart emas. Boshqa violyatlarda ham yashasa bo’ladi. Lekin aynan Kvebekka immigratsiya qilaman va “Quebec‑selected skilled workers” kategoriyasidan foydalanaman degan inson, albatta, fransuz tilini bilishi kerak.

“Federal Skilled Trades” dasturi o’rta maxsus ma’lumotga ega, qo’l mahnati bilan bog’liq bo’lgan kasbdagi insonlarga qaratilgan. Shuning uchun ingliz va fransuz tilini bilish talablari boshqa immigratsiya dasturlariga nisbatan yengilroq bo’lib, ingliz va fransuz tili imtihonlaridan pastroq bal olganlar ham bu dastur orqali immigratsiyaga topshirishlari mumkin.

Ingliz tili darajasini ko’rsatish uchun talabgorlar CELPIP: Canadian English Language Proficiency Index Program yoki IELTS: International English Language Testing System imtihonlarini topshirishi lozim.

Bu imtihonlarning har birida 2 xil test bo’lib, CELPIP imtihonida CELPIP-General (CELPIP-G)” va CELPIP-Academic (CELPIP-A), IELTS imtihonida esa General Training va Academic deya ataladigan testlar mavjud. Bulardan talabgorlar faqatgina osonroq bo’lgan CELPIP-General (CELPIP-G) yoki IELTS General Training testini topshirishlari kerak. Kanadaga immigratsiya qilish uchun ingliz tilida faqatgina shu 2 ta imtihon natijalari qabul qilinadi. TOEFL (Test of English as a Foreign Language) testining turli formatlari (paper-based TOELF, CBT yoki IBT) qabul qilinmaydi.

CELPIP testi 4 qismdan: (1) Speaking (So’zlashuv), (2) Listening (Tinglash), Reading (O’qish) va (4) Writing(Yozuv) iborat bo’lib, 6 balli tizimda baholanadi. “Federal Skilled Trade” dasturiga topshirish uchun 1 va 2-qismlardan 3 ball, 3 va 4-qismlardan esa 2 ball olish yetarli bo’ladi. Bu testning o’zbekistonliklar uchun asosiy qiyin tarafi shundaki, uni hozircha faqatgina Kanadada topshirish mumkin. Shuning uchun aksariyat hollarda vatandoshlarimiz uchun bu testni topshirish imkoni yo’q desa ham bo’ladi.

Ammo, IELTS testini dunyoning ko’plab joylarida, xususan, Toshkentda ham topshirish mumkin. IELTS testi ham 4 ta qismdan iborat bo’lib (faqat qismlarning tartibi CELPIPdan boshqacharoq: (1) Listening, (2) Reading, (3) Writing va (4) Speaking), 9 balli tizimda baholanadi. “Federal Skilled Trade” dasturiga topshirish uchun 1 va 4-qismlardan 5 ball, 2-qismdan 3.5 ball va 3-qismdan esa 4 ball olish yetarli bo’ladi. Kanadaga immigratsiya qilib kelgan o’zbekistonlik vatandoshlarimizning tajribalariga ko’ra, IELTSdan kerakli ballarni olish uncha qiyin emas. Ingliz tilini hech bilmagan va o’qimagan insonlar uchun bir yil intensiv ravishda ingliz tili kurslariga va xususan, IELTS testiga tayyorlovchi kurslarga borishi yetarli ballarni qo’lga kiritish uchun kifoya qiladi.

4-talab: Oxirgi 5 yil ichida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo’lish

Bu talabga javob berish uchun, avvalambor, yuqorida ko’rsatilgan kasblarning biriga ega bo’lish va ariza topshirishdan oldingi 5 yil ichida o’sha kasb bo’yicha kamida 2 yillik tajribaga ega bo’lish lozim.

5-talab: Kanada hukumati tomonidan ishlab chiqilgan Kasblarning Milliy Klassifikatsiyasi (National Occupational Classification (NOC) bo’yicha qo’yilgan talablarga javob berish

Kanadada davlat tomonidan ishlab chiqilgan Kasblarning Milliy Klassifikatsiyasi (National Occupational Classification (NOC) mavjud bo’lib, undan barcha kasblarga taalluqli talablar o’rin olgan. Misol sifatida, “Duradgor” (Carpenters) kasbiga NOCda quyidagi talablar qo’yilgan:

–        O’rta maktabni tugatgan bo’lishi kerak;

–        3-4 yil shogirdchilik (“apprenticeship”) qilgan bo’lishi kerak, ya’ni malaka oshirgan bo’lishi kerak; yokiish tajribasi, or’ta maktab, yoki duradgorlikka oid kasb-hunar darslarini qo’shib hisoblaganda jami 4 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak;

Shunga o’xshash har bir kasbning o’ziga xos talablari bo’lib, “Federal Skilled Trades” dasturida qatnashmoqchi bo’lganlar o’zlarining kasblariga qo’yilgan talablarni bajarishlari lozim.

6-talab: Kanadada joylashgan korxonadan o’z kasbingiz bo’yicha kamida 1 yil ishlash taklifini olgan bo’lishingiz yoki Kanada viloyatining o’sha kasbga litsenziya beradigan tashkilotdan Mutaxassislik guvohnomasini olishingiz kerak

Bu talabni bajarish ko’pchilik uchun juda qiyin bo’lishi mumkin. Aslida esa, yuqorida ko’rsatilgan talablarni bajargan har bir inson uchun bu talab unchalik ham qiyin bo’lmaydi, deb o’ylaymiz. Bu talabni bajarishning bir yo’li to’gridan-tog’ri Kanadadagi zavodlar, fabrikalar, qurilish korxonalari va shunga oxshash korxonalarga ishga topshirish. Ingliz tilini yetarli darajada bilgan inson o’zi mustaqil ishga topshirishi mumkin. Yana bir oson yo’li bu ishga joylashtirish bilan shug’ullanuvchi firmalarga murojaat etish va ular orqali ish topishdir.

Mutaxassislik guvohnomasini olish masalasiga kelsak, ba’zi kasblar uchun Kanadaning turli vioyatlarida bu guvohnomani olish majburiy. Ma’lum bir kasbda ishlash huquqini beradigan viloyat tashkilotlari mavjud. Ulardan guvohnoma olish uchun o’sha tashkilotlarga o’z kasbingizning diplomini, mehnat daftarchasini va boshqa hujjatlarni topshirishingiz kerak bo’ladi.

Kanadada ishlash uchun ba’zi kasb egalari oldin Mutaxassislik guvohnomasini olishlari kerak. Bu guvohnomasiz qanchalik tarjribali bo’lsangiz ham, o’sha mutaxassislik bo’yicha ishlash huquqiga ega bo’lmaysiz. Lekin bu guvohnomani olish hamma joyda ham majburiy emas, chunki har bir viloyatning o’z tartib-qoidalari mavjud. Sizning kasbingiz bo’yicha Mutaxassislik guvohnomasini olish shart yoki shart emasligini bilish uchun NOCdagi ma’lumotlarga murojaat qilish kerak. Masala yanada tushunarliroq bo’lishi uchun bir misol keltiramiz.

Masalan, qurilish sohasida Elektrik bo’lib ishlash uchun Kanadaning 9 viloyatida Elektrik sertificakatini olish majburiydir (Newfoundland va Labrador, Nova Scotia, Prince Edward Island, New Brunswick, Quebec, Ontario, Manitoba, Saskatchewan va Alberta viloyatlarida). Lekin bir viloyat (British Columbia) va 2 ta terrirotiriyada (Yukon va Northwest Territories va Nunavut) majburiy emas. Ko’p narsa ishlamoqchi bo’lgan viloyatingizga va o’sha viloyatda elektriklarga ehtiyoj darajasiga bog’liq bo’ladi.

Xulosa

Dono xalqimizning bir maqoli bor: “Hunardan rizqing unar.” Bugungi kunda bu maqol, ayniqsa, Kanadaga mos keladi desak yanglishmaymiz. Kanada qo’lida hunari bo’lgan (ya’ni, qo’l mehnatiga asoslangan kasb egalariga) insonlarga o’z eshiklarini ochib bermoqda. Kim biladi, balki rizqingiz sizni ham Kanadada kutayotgandir?!

_______________________________________________________

*Rakhmad Sobirov, JD, LLM, LLB

Barrister & Solicitor, Notary Public

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetining Xalqaro huquq fakultetini 2003-yilda bitirib, Vengriyaning Budapesht shahridagi Markaziy Yevropa Universitetida (Central European University) Qiyosiy konstitutsiyaviy huquq yo’nalishi bo’yicha (LL.M. in Comparative Constitutional Law) magistraturani bitirgan. Bir necha xalqaro tashkilotlarda, xususan, EXHT Kotibiyatida (Vena, Avstriya) va Xalqaro Jinoiy Sudda(Gaaga, Gollandiya) amaliy tajriba orttirib, Kanadaning Ottava Universitetining huquq fakultetini 2011-yilda tugatgan (Juris Doctor in Common Law).

Hozirgi kunda Kanadaning Toronto shahrida Sobirovs Law (www.sobirovs.com) yuridik firmasini tashkil etib, yurist va notarius faoliyatini olib bormoqda. Ayni paytda Bombardier Aerospace samolyotsozlik korporatsiyasida shartnomalar va muzokaralar olib borish bo’yicha mutaxassis bo’lib ishlaydi. Tashabbus.uz saytida Rakhmad Sobirov tomonidan bildirilgan fikrlar Bombardier Aerospacega tegishli deb hisoblanmasligi kerak.

"1" Comment
  1. учкун муродов

    салом качондан бошлаб хужжат топшириш керак мен архитектура курилиш институтини битирганман \спец.инженер\8\саккиз\йил курилишда ишлаганман кандай хужжатлар ва каерга топшириш керак маслахат беринг

Leave a Reply
*