• Вс. Фев 16th, 2025

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Бош муҳаррирнинг мақоласини ўқиб ёзилган хат…

Сен 26, 2012
Бош муҳаррирнинг мақоласини ўқиб ёзилган хат…
Бош муҳаррирнинг мақоласини ўқиб ёзилган хат…

Fazliddin Yokub

Avvalo saytingizni okuvchilari kopayishi bilan tabriklayman . Hammalari hayirli , iymonli va pokiza kalbli insonlar bolishsin .

Mulokot ahlokini bilgan va insoniy ahlok normalariga boyusunadigan insonlar bolishsin . Jirraki va engil bolishmasin . Ozlarini yoshlik va gayratli , aklli bolishlarini isbotlashga urinishlari yahshi albatta .

Lekin chegaradan chikishmasa bu saytning ham mavkeiga oz hurmatlarini korsatishgan bolishardi . Yana ular unutishmasinlarki — ularning otalari yoshiday va ulardan ham yoshi ulug insonlar ham bu saytga kirib turadilar .

Bunday saytlarning yordami bilan kop insonlar biror narsani organibgina kolmay , hayotda yollarini ham topib olishsa kanday yahshi …

Agar etibor bersangizlar saytning egasi aytyaptiki — biroz tolgan urakni sizlar bilan boshatmokchiman deya dardlashishga chakirmokda . Shunday ekan har bir izohni oylab , sabr bilan gozal shaklda bildirishga harakat kilinglar .

Chunki izohlar sizlarning mehnatingiz va ijodlaringizdir . Yahshilab karalsa izohda insonning kalbi korinib koladi . Osha kalbning pok va musaffo bolishi kanday ham yahshi .

Sizlarga ehtiromlar bilan muhojir va invalid – Fazliddin Yokub . Amerikadan .

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *