• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Rossiya droni Kiyevdagi Yadro tadqiqotlari instituti va maktabga zarba berdi



30-sentyabr oqshomida Rossiya droni Kiyevdagi Yadro tadqiqotlari instituti hududiga zarba berdi. U yerda VVR-M tadqiqot reaktori joylashgan, deb xabar bermoqda “RBK-Ukraina”.

Ukraina Milliy fanlar akademiyasi maʼlumotiga koʻra, hujum ortidan yongʻin chiqqan, biroq u tezda oʻchirilgan. Reaktorning oʻzi va uning xavfsizlik tizimlari zarar koʻrmagan. Radiatsiya darajasi ham oʻzgarmagan.

VVR-M reaktori 2022-yil fevralidan beri ishlamaydi. Xavflarni kamaytirish uchun u toʻxtatilgan.

Ukraina Yadro nazorati davlat inspeksiyasi hujumni tinch yadroviy obyektga zarba sifatida baholadi va uni xalqaro jinoyat deb atadi.

1-oktyabrga oʻtar kechasi Rossiya dronlari Kiyevning boshqa hududlariga ham zarba berdi. Solomianskiy tumanida dron maktab binosiga kelib urildi. Hujum paytida oʻquvchilar va oʻqituvchilar boshpanada boʻlgani sababli hech kim jabrlanmagan.

Shu tumandagi 16 qavatli turar joy binosida ham yongʻin chiqib, uning yonida turgan avtomobillar yonib ketdi. Obolonskiy tumanida esa omborlarda yongʻin yuz berdi. Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati Kiyevdagi hujumlarda bir kishi jabrlanganini maʼlum qildi.

Shu kecha Odessadagi biznes markaziga ham zarba berildi. Mahalliy rasmiylarga koʻra, bir kishi jabrlangan, shahardagi ayrim infratuzilma obyektlariga ham zarar yetgan.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *