• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Oliy ta‘lim vaziri nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta — vazirlik



Telegram orqali Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan turli shaxslarga soxta xabarlar yuborilmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur xabarlarni vazir yubormagan va ularda ko‘rsatilgan akkaunt Qo‘ng‘irotboy Sharipovning shaxsiy Telegram akkaunti emas.

Vazirlik fuqarolarni bunday xabarlarga ishonmaslik, ularga javob bermaslik, telefonlariga kelgan kodlarni hech kimga yubormaslik yoki aytmaslik, shuningdek, shaxsiy ma‘lumot va hujjatlarni taqdim etmaslikka chaqirdi.

Vazirlik faoliyatiga oid rasmiy ma‘lumotlar uning rasmiy axborot kanallari orqali e‘lon qilinishi eslatildi.

Bundan avval Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni soxta elektron xatlardan ogohlantirgandi. Ular firibgarlik maqsadida tarqatilgan. Yana bir holatda esa, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi haqida tarqalgan yolg‘on xabarlar rad qilingan.

Iyul oyida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova nomidan feyk xabarlar tarqatilayotgani ma’lum qilingan edi.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *