• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Gurbanguli Berdimuhamedov nevarasi tayyorlagan ot bilan poygada g‘olib bo‘ldi (video)



Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va sobiq prezident, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 29-sentyabr kuni 1200 oʻrinli Axalteke ot sporti majmuasining ochilishida qatnashdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi (TDH) xabar berdi.

Marosimdan soʻng mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan ot poygasi oʻtkazildi. Unda Gurbanguli Berdimuhamedov Arkadagʻ shahridan keltirilgan Daghan laqabli otda qatnashdi.

TDH maʼlumotiga koʻra, otni Berdimuhamedovning nevarasi Kerimguli Berdimuhamedov bobosi uchun maxsus tayyorlagan. Poyga yakunida Gurbanguli Berdimuhamedov gʻolib boʻlib, bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

Gʻolibga Range Rover Sport avtomobili topshirilishi kerak edi. Biroq Berdimuhamedov sovrinni Kerimguli xizmat qilayotgan harbiy qismga berishga qaror qilgan.

Ikkinchi va uchinchi oʻrinni egallagan chavandozlarga esa Toyota Fortuner va Toyota Camry avtomobillari topshirilgan.

Tadbir davomida Gurbanguli Berdimuhamedov Xitoyning Daqing Huiyou Breeding kompaniyasi rahbari Lyu Shutsinga 2023-yilda tugʻilgan Dosthan laqabli Axalteke otini ham sovgʻa qildi.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *