• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul natijalari e‘lon qilindi



Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta‘limga kirish bo‘yicha ikkita qo‘shimcha imkoniyat yaratilgani haqida xabar berilgandi.

Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, shulardan biri — qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun davlat OTMlari bakalavriat yo‘nalishlariga ajratilgan 6,5 mingta qo‘shimcha qabul parametri bo‘yicha tanlov natijalari e‘lon qilindi.

Qo‘shimcha qabul parametrlari to‘lov-kontrakt asosida ajratilgan. Ular abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish vaqtida Qoraqalpog‘istonda doimiy yashagan hamda hududdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy ta‘lim tashkilotini tamomlagan talabgorlar hisobidan shakllantirilgan.

Bunda kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobga olingan. Tanlov ularning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat‘iy rioya qilingan holda o‘tkazilgan.

Tanlov natijalari bo‘yicha qaydnomalar tegishli oliy ta‘lim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yuboriladi.

Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali yoki mandat.uzbmb.uz saytiga ID raqamini kiritgan holda bilishi mumkin.

Maʼlumot uchun, yana bir imkoniyat doirasida Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan, hududdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy ta‘lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 500 ta maqsadli qabul o‘rni ajratilgandi.

Unda kirish imtihonlarida 68 va undan yuqori ball to‘plab, davlat OTMlarining kunduzgi ta‘lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar ishtirok etishi belgilangan.

Avvalroq O‘zbekistondagi 20 ta oliygohda xalqaro standartlarga asoslangan ta’lim dasturlari joriy etilishi haqida xabar berilgandi.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *