O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Uchrashuv 3:0 hisobida Fabio Kannavaro shogirdlari g‘alabasi bilan yakunlandi.
Terma jamoa sardori Eldor Shomurodov o‘yinni zaxirada boshlaganini ham alohida ta’kidlash kerak. Uchrashuvning 28-daqiqasida Sherzod Esanov Husayn Norchayevning zargarona pasini golga aylantirib, hisobni ochdi.
Birinchi bo‘lim yakuni arafasida Azizbek Amonov birgina pas bilan biryo‘la ikki futbolchi — Mozgovoy va Norchayevni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Akmal vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib kelib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Husayn Norchayev havodan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi. Shundan so‘ng Kannavaro zaxiradan bir qator yangi futbolchilarni maydonga tushirdi.
O‘yin tugashi arafasida Norchayev boshi bilan yana bir gol urib, dubl qayd etdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda suriyaliklar hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston – Suriya 4:1
Gol: Sherzod Esanov (28), Akmal Mozgovoy (44), Husayn Norchayev (49, 90) — Muhammad Hakimov (avt. 90+3)
O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Abduqodir Husanov, Behruz Karimov, Jahongir O‘rozov, Akmal Mozgovoy, Odil Hamrobekov, Aziz Amonov, Husayn Norchaev, Abbos Fayzullayev, Sherzod Esanov, Mahmud Muhammadjonov.