• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

O‘zbekistonda mehmonxona biznesi uchun mutaxassislar Avstriya tajribasi asosida tayyorlanadi



O‘zbekistonda xalqaro standartlar asosida mehmonxona biznesini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar va trenerlar tayyorlanadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Kasbiy ta‘lim agentligi direktori Azimjon Husanov boshchiligidagi delegatsiyaning Avstriyaga tashrifi doirasida Kasbiy ta‘lim agentligi va IMC Krems amaliy fanlar universiteti o‘rtasida tegishli bitim imzolangan.

Hujjatni Kasbiy ta‘lim agentligi direktori Azimjon Husanov hamda IMC Krems amaliy fanlar universiteti ijrochi direktori Udo Brendl imzolagan. Bitim mehmonxona biznesini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar va trenerlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlashni nazarda tutadi.

O‘quv jarayonini Chortoq tumanidagi 1-son texnikum hamda Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi negizida tashkil etish rejalashtirilgan.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Avstriya parlamenti Milliy kengashi prezidenti Valter Rozenkrans hamda mamlakatning ta‘lim, iqtisodiyot, energetika va turizm sohalari vakillari bilan uchrashgan.

Muzokaralarda kasbiy ta‘lim sohasidagi davlat siyosati, Avstriyaning Lehre dual modeli, kollejlarni moliyalashtirish, muhandis va o‘qituvchilarni tayyorlash, ish beruvchilarning ta‘lim jarayonidagi ishtiroki hamda ta‘lim tizimi va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Avvalroq O‘zbekistonlik talaba va bitiruvchilar Kuvaytdagi mehmonxonada amaliyot o‘tashi va ishga joylashtirilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *