• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

O‘zbekiston, Qozog‘iston va BAA Pokiston portlariga chiqadigan yangi temiryo‘l loyihasini ishlab chiqadi


O‘zbekiston, Qozog‘iston va Birlashgan Arab Amirliklari Qozog‘iston—O‘zbekiston—Afg‘oniston—Pokiston (CASA) yangi temiryo‘l yo‘nalishi loyihasini birgalikda ishlab chiqadi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri axborot xizmati xabar berdi.

Tomonlar CASA temiryo‘l loyihasi doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzoladi. Hujjat O‘zbekiston va Qozog‘iston transport vazirliklari hamda BAA Energetika va infratuzilma vazirligi o‘rtasida tuzilgan.

Loyiha Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash, xalqaro yuk tashish, savdo, logistika va investitsiyaviy hamkorlik uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishni nazarda tutadi.

Memorandum doirasida tomonlar texnik va iqtisodiy tadqiqotlar o‘tkazib, tahliliy baholashlarni amalga oshiradi. Shuningdek, zarur temiryo‘l infratuzilmasi va unga bog‘liq obyektlarni rivojlantirish maqsadga muvofiqligi o‘rganiladi.

2026-10-01 17.02.32

Foto: Qozog‘iston bosh vaziri axborot xizmati

Loyihaning texnik, iqtisodiy va moliyaviy masalalarini kompleks o‘rganish uchun ishchi guruh tuzish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Turkiyaning Samsun va Istanbul portlariga chiqish imkonini beruvchi Naxchivon temiryo‘li qurilishida ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *