• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Anchelotti: “Vinisius Braziliya uchun muhim futbolchi”



Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior mavsumni sust boshlaganiga qaramay, jamoa uchun muhim futbolchi bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. Mutaxassis braziliyalik futbolchiga eng yaxshi sport formasiga qaytishi uchun vaqt berish kerakligini aytdi.

26 yoshli Vinisius joriy mavsum “Real Madrid” safida barcha turnirlarda sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, atigi bir marta gol urdi. Madrid klubi ayni paytda La Ligada 15 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Shunga qaramay, Vinisius Braziliyaning Avstraliyaga qarshi o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvida o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi. Braziliyaliklar Brisbenda 4:2 hisobida g‘alaba qozongan bahsda hujumchi jamoasining uchinchi golida ishtirok etdi va to‘rtinchi golni penaltidan urdi.

Anchelotti Vinisiusni yaxshi bilishini va uning Braziliya terma jamoasi uchun muhim futbolchi ekanini ta’kidladi. Italiyalik mutaxassis avval “Real Madrid”ni boshqargan davrida ham Vinisius bilan birga ishlagan.

“Men Vinini juda yaxshi bilaman. U men uchun terma jamoaning asosiy futbolchilaridan biri. U Braziliya uchun ham, mening murabbiylik faoliyatimda ham muhim o‘rin tutgan. U kelajak uchun ham muhim futbolchi”, dedi Anchelotti.

Anchelottining fikricha, Vinisius hozircha eng yaxshi sport formasida emas, biroq mavsum endigina boshlangan. Murabbiyning ta’kidlashicha, hujumchi o‘zining eng yaxshi holatida bo‘lmagan taqdirda ham jamoaga foyda keltira oladi.

“U hozir eng yaxshi formasidami? Yo‘q. Ammo mavsum endigina boshlandi. Vini eng yaxshi holatda bo‘lmaganida ham o‘yinga ta’sir ko‘rsata oladi. Bugun ham shunday bo‘ldi. O‘yinning borishini o‘zgartirgan gol uning harakati bilan bog‘liq. Shuning uchun men sabr qilaman, chunki u bunga loyiq”, deya qo‘shimcha qildi Anchelotti.

Braziliya terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 3-oktyabr kuni Hindistonga qarshi o‘tkazadi. Bahs Kalkutta shahrida bo‘lib o‘tadi.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *