• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Farzandlarining barcha istaklarini so‘zsiz amalga oshiradigan jahon yulduzlari (foto)


Butun dunyo ota-onalari singari mashhurlar ham farzandini har tomonlama ta’minlagan holda katta qilishni afzal biladi va deyarli hech narsadan rad etmaydi. Ular eng yaxshi bolalik xotiralari qolishi uchun farzandlariga hamma narsani muhayyo qiladi.

Europa Plus

Harper — Devid va Viktoriya Bekhemning qizi

O‘g‘il farzandlardan keyin uzoq kutilgan qizaloq dunyoga kelganda Bekhemlar oilasi quvonchi ko‘kka yetgan. Hozirda ularning qizi Harper 13 yoshda va u haqiqiy moda malikasiga aylanib bormoqda. Harper barcha badavlat oila qizlari singari munosib sovg‘alarni qabul qiladi. Masalan, Devid Bekhem qiziga Goyard fransuz brendidan 3000 dollarlik sumka hadya qilgan.

Foto: Europa Plus

Foto: Europa Plus

Psalm — Kim Kardashyan va Kanye Uestning o‘g‘li

Tadbirkor va shou-biznes olami yulduzi Kim Kardashyan nafaqat o‘ziga, balki farzandlariga nisbatan tejamkor bo‘lishga odatlanmagan. Shuning uchun yangi Tesla Cybertruck sotuvga chiqishi bilanoq yulduz darhol ushbu mashinani sotib oldi. Bundan tashqari, u o‘g‘lini ham unutmadi va Psalmning buvisi Kris Jenner nabirasiga atab 1500 dollarga hashamatli Tesla Cybertruck mashinasining mini-versiyasini sovg‘a qildi.

Foto: Europa Plus

Foto: Europa Plus

Kalcher va Ueyv — Kardi Bining farzandlari

Oilaning daromadi qancha ekanini hamyoniga qaramay qanday aniqlash mumkin? Albatta farzandlar tug‘ilgan kuniga bergan sovg‘asiga qarab. Misol uchun, Kardi Bi bolalarining tavallud kunida hech qachon pul tejamaydi: shaxsiy samolyotda uchish, ulkan tort va shirinliklarga buyurtma berish va yuzlab mehmonlar uchun dasturxon bezash xonanda uchun bayramning ajralmas bir qismidir.

Foto: Europa Plus

Foto: Europa Plus

Stormi — Kayli Jennerning qizi

Qizaloq Stormi kelajakda onasi kabi go‘zallik sanoatida ishlaydi, deya taxmin qilish mumkin, chunki Kayli bu borada qizidan doimo yordamini ayamaydi. Qimmatbaho brend kiyimlar, olmosdan yasalgan zargarlik buyumlari, hashamatli o‘yinchoqlar va mashinalar to‘plami — bularning barchasi Stormi uchun odatiy hol. Masalan, kuni kecha Jenner qiziga Hermes brendidan salkam 12 ming dollarlik sumka sovg‘a qildi.

Foto: Europa Plus

Foto: Europa Plus

Monro va Morokkan — Merayya Kerining farzandlari

Bir necha yil oldin xonanda o‘zining Monro va Morokkan ismli farzandlariga haqiqiy shirinliklardan iborat xonani sovg‘a qildi! Egizaklar turli qandolat mahsulotlari bilan to‘ldirilgan xonani zavq bilan kutib olishdi.

Foto: Europa Plus

Indiya Rouz, Sasha va Tristan — Kris Hemsvortning farzandlari

Hemsvortning merosxo‘rlari juda faol hayot tarzini kechiradi. Aktyor balki bolalarini brend tovarlar bilan siylamas, ammo ular bilan tez-tez sayohat qilishga odatlangan. Ular oilaviy ot yoki delfin minish, ochiq okeanda suzish, tog‘larga chiqish va boshqa ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi. Aktyor uning barcha oila a’zolari shunday faol hayot tarzini olib borayotganidan faxrlanadi, chunki Hemsvortlar allaqachon dunyoning yarmini kezishga ulgurgan.

Foto: Europa Plus

Foto: Europa Plus

Tru va Tatum — Xlo Kardashyanning farzandlari

Xlo Kardashyan farzandlari tug‘ilishi bilan ular onasi kabi hashamatli hayot kechirishi shart deb hisoblaydi. U Dior brendidan 4000 dollarga bolalar aravachasini xarid qilgan. Kichkina Tatum o‘zining qimmatbaho “mashinasida” sayr qilar ekan, uning opasi Tru eng yaxshi moda uylarining zamonaviy liboslarida yuradi.

Foto: Europa Plus



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *