• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Surxondaryoda Cobalt gaz balloniga yashirilgan 41 kilodan ortiq narkotik aniqlandi



Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Cobalt avtomobili gaz balloniga yashirilgan 41 kilogrammdan ortiq opiyga o‘xshash modda aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 21-avgust kuni “Qoradori—2026” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida aniqlangan.

Tezkor ma’lumot asosida Toshkent viloyatidan Denov tumani tomon harakatlanayotgan Cobalt to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.

Tekshiruv davomida avtomobil yukxonasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan 41 ta o‘ramda umumiy og‘irligi 41 kilogrammdan ortiq bo‘lgan opiyga o‘xshash modda topilgan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir nazorat ostida yetkazib berish usulida davom ettirilgan. Moddalarni olib ketish uchun kelgan bir necha shaxs, jumladan, ularni gaz ballonidan kesib olish uchun bolgarka bilan kelgan shaxs ham qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda sakkiz oyda giyohvandlik bilan bog‘liq 12 mingdan ortiq jinoyat aniqlangani haqida xabar berilgandi.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *