• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Tramp Eronni qaytadan bombardimon qilish bilan tahdid qildi



AQSH prezidenti Donald Trump Vashington va Tehron o‘rtasida kelishuvga erishilmasa, Eronga qarshi havo hujumlarini uyushtirishi mumkinligini bildirdi. U Eron Islom Respublikasi bo‘yicha qaror qabul qilish vaqti yaqinlashayotganini aytdi.

Oq uydagi matbuot anjumanida jurnalistlar Trumpdan agar u eronliklarni “aqldan ozgan va mantiqsiz” deb hisoblasa, ular bilan qanday qilib bitim tuzmoqchiligini so‘radi. Bunga AQSH rahbari quyidagicha javob qaytardi:

Trump kelayotgan dam olish kunlarida Eronga qarshi AQSH zarbalarini qayta tiklash ehtimolini ham istisno qilmadi va bu haqda doim o‘ylab yurganini aytdi.

28-fevral kuni AQSH va Isroil Erondagi nishonlarga zarba berishni boshlagan edi. Eron ham bunga o‘z navbatida javob qaytardi. Iyun oyining o‘rtalarida Vashington va Tehron tinchlik jarayonini boshlashga qaratilgan memorandum imzoladi.

Biroq uch hafta o‘tgach, vaziyat yana keskinlashdi. AQSH Islom Respublikasini Hormuz bo‘g‘ozidagi savdo kemalarini nishonga olganlikda aybladi va shundan so‘ng ikki tomon o‘zaro zarbalar almashishni qayta boshladi. Eronga qarshi urush hozirda sakkizinchi oydirki davom etmoqda.

O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha takliflar

Eron 30-sentyabr kuni Fors ko‘rfazida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini tiklash bo‘yicha so‘nggi taklifiga AQSHdan javob olganini bildirdi. Reuters’ning yozishicha, tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Vashingtonning taklifini Eron hukumatiga yetkazgan. Bu Trump taklifni rad etganini e’lon qilganidan bir necha kun o‘tib yuz berdi.

O‘tgan haftada Eron yangi taklifni ilgari surgan edi. Unga ko‘ra, AQSH Eron portlariga qo‘yilgan blokadani olib tashlashi lozim edi. Eron esa yetti kun ichida Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochishi kerak edi.

Eronning ta’kidlashicha, mazkur reja iyun oyida Donald Trump va Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon tomonidan imzolanganidan bir necha hafta o‘tib barbod bo‘lgan vaqtinchalik kelishuvni tiklashga qaratilgan.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *