• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Shavkat Mirziyoyev Osiyo konstitutsiyaviy sudlarining VII kongressi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi


Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari assotsiatsiyasining VII kongressi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

Davlat rahbari O‘zbekiston mazkur assotsiatsiyaga raisligi davomida Osiyoda huquqiy muloqotni yangi bosqichga ko‘tarish, amaliy hamkorlik muhitini yanada kengaytirish, yangi tashabbus va g‘oyalarni ishlab chiqish, barcha a’zo davlatlarga manfaat keltiradigan ta’sirchan mexanizmlarni joriy etishga harakat qilinayotganini qayd etdi.

Ushbu nufuzli xalqaro anjumanni tashkil etishga munosib hissa qo‘shgan barcha hamkorlarga, mintaqaviy tashkilotlar vakillariga hamda a’zo davlatlar delegatsiyalariga minnatdorlik bildirdi.

image

Foto: Konstitutsiyaviy sud

Ushbu anjuman 1–2-oktyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Bu galgi kongress “Raqamlashtirish va sun’iy intellekt sharoitida konstitutsiyaviy odil sudlov” mavzusiga bag‘ishlanadi. Anjumanda dunyoning 20 dan ortiq davlatdan konstitutsiyaviy va oliy sudlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda yetakchi huquqshunos olimlar qatnashadi.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *