• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Finlyandiyada deputatlar uylariga kimdir kirayotganidan shikoyat qildi



Finlyandiya parlamentining bir necha deputati uyda bo‘lmagan paytida noma’lum shaxslar ularning uylariga kirganidan shikoyat qildi. Bu haqda Yle xabar berdi.

Hodisalar so‘nggi bir yil davomida sodir bo‘lgan. Taxminiy bostirib kirishlar vaqtida hech narsa o‘g‘irlanmagan, biroq deputatlar uylariga kimdir kirganini ko‘rsatuvchi izlar qolganini bildirgan. Masalan, noma’lum shaxslar eshiklarni ochiq qoldirgan yoki chiroqlarni yoqib ketgan. Parlament spikeri Yussi Xalla-Axo bunday harakatlar ataylab qilingan bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Hodisaga duch kelgan deputatlarning aniq soni ma’lum qilinmagan. Yle ma’lumotlariga ko‘ra, gap salkam 20 nafar parlament a’zosi haqida ketmoqda. Xalla-Axoning ta’kidlashicha, bu deputatlarni bir partiyaga mansublik yoki boshqa umumiy belgi birlashtirmaydi.

Finlyandiya bosh vaziri Petteri Orpo voqealar ortida xorijiy kuchlar turishi mumkinligini taxmin qildi. Xelsinki politsiyasi holat yuzasidan dastlabki tekshiruvni boshladi.

U Rossiya avval ham Yevropadagi saylovlarga aralashishga uringanini eslatdi. Finlyandiyada navbatdagi parlament saylovlari 2027-yil aprel oyida o‘tkaziladi. Maʻlumot oʻrnida, Finlyandiya Rossiya bilan chegarada 200 kilometrlik to‘siq qurgan. To‘siqning o‘ziga kuzatuv kameralari, yoritgichlar va radio karnaylar o‘rnatilgan. Qurilishga 356 million yevro sarflangan, to‘siq o‘tgan hududlar egalariga esa 3 million yevroga yaqin kompensatsiya to‘langandi.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *