Bolalikdagi ilhom parisi
Gordon Samner Angliyaning Uolsend port shahrida tug‘ilgan. Uning otasi o‘shanda muhandislik faoliyatini endigina tashlab, sut do‘koni sotib olgandi. Doim kamgap va odamovi bo‘lgan bu inson Gordonning onasidan keskin farq qilardi — go‘zal va jozibali ayol erining bunday fe’lidan aziyat chekardi.
Onasi Gordonning ham ilhom parisi, ham ustozi edi. Aynan onasining turtkisi bilan bola jaz guruhlarini berilib tinglay boshladi va musiqiy eshitish qobiliyatini takomillashtirdi. Onasi unga pianino chalib berardi, u esa gitarani tanladi. U qisqa masofaga yugurish bo‘yicha maktab chempioni va maktab futbol jamoasining yetakchisi bo‘ldi, ingliz tili o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha o‘qib, dars bera boshladi.
Yangi ism
“Bitlz” qo‘shiqlari Gordonni matn yozishga ilhomlantirdi, natijada ingliz tili o‘qituvchisi ishdan so‘ng qora va sariq chiziqli eng yaxshi sviterini kiyib, mahalliy guruh bilan repetitsiyaga jo‘nardi.
Qandaydir mo‘jiza tufayli chiqishlaridan birida uni mashhur amerikalik musiqachi Styuart Kouplend ko‘rib qoladi va unga orzularini ro‘yobga chiqarib, uning guruhida ijod qilishni taklif etadi.
Faqat ismni o‘zgartirish kerak edi. “Gordon Samner — yaxshi jaranglamaydi”, deb ishonch bilan uqtirdi Styuart bas-gitarachiga. Uzoq o‘ylashga hojat qolmadi, asalari rangidagi yo‘l-yo‘l sviter musiqachining yangi ismini o‘z-o‘zidan yuzaga chiqardi — Sting, ingliz tilidan tarjima qilinganda “nish” yoki “chaqish” degan ma’noni anglatadi.

Foto: Getty Images
Orzuni ro‘yobga chiqarish uchun faqat bitta shahar — London mos kelardi. Gordon chamadonlarini yig‘ishtirib, yangi hayotga butunlay sho‘ng‘idi — endi pul avvalgidan ham ko‘proq yetishmasdi, u mebelsiz oddiy ijara kvartirada yashardi. Guruhni shunday atashgandi: Police triosi faqat zarar keltirardi.
Gordon reklamalarda suratga tushish orqali bazo‘r kun ko‘rardi. Bundan boshqa chorasi ham yo‘q edi — Londonda u xotini, aktrisa Frensis Tomelti va yosh bolasi bilan yashardi. O‘shanda 1976-yil, Gordon esa 26 yoshda edi.
“Roksanna” haqida ballada
1978-yilda Police guruhi uchun butunlay boshqacha hayot boshlandi, ular mashhur A&M Records studiyasi bilan shartnoma tuzdi, ularning yangi singllari zumda sotilib ketardi. Guruhning misli ko‘rilmagan uslubi — rok, jaz, pank va reggi aralashmasi nafaqat inglizlar orasida, balki Avstraliya va Qo‘shma Shtatlarda ham ommalashdi.
Bularning barchasi birgina qo‘shiq tufayli edi — guruh uchun burilish nuqtasi bo‘lgan pallada Sting “Roksanna” balladasini yozdi. Ancha vaqt o‘tgach, “Roksanna”ning remeyki Evan MakGregor, Xose Felisiano va Jek Koman ijrosida “Mulen Ruj” musiqiy filmida yangraydi.

Foto: Getty Images
Guruhning muvaffaqiyati va g‘ayrioddiy uslubi Gordonning dunyoqarashiga qattiq ta’sir ko‘rsatdi. Keyinchalik u yoga bilan shug‘ullanadi, ekofanatga aylanadi va Amazoniya o‘rmonlari uchun kurash olib boradi. O‘sha paytda u cheksiz gastrollar, muxlisalar, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalardan sarxush edi. Bir mahal u xuddi juda uzoq uyqudan uyg‘ongandek hushiga keldi va hayotini keskin o‘zgartirishga qaror qildi.
U anchadan beri hech qanday his-tuyg‘usi qolmagan xotini bilan ajrashdi va guruhdan ketdi. Garchi Frensis ajralishni oldindan sezgan bo‘lsa-da, bu unga og‘ir botdi, eri bilan ayriliq nafaqat uning shaxsiy hayotining, balki do‘stligining ham barbod bo‘lishiga olib keldi. Musiqachi Frensis bilan turmush qurgan paytida sevib qolgan aktrisa va prodyuser Trudi Stayler ayolning dugonasi va teatrdagi hamkasbi edi.

Foto: Getty Images
Trudi bilan baxtli
Musiqachining butun dunyo bo‘ylab yettita uyi bor, hozir yashayotgan joyi — Nyu Yorkning shiddatli ritmi unga juda yoqadi, ammo uning qalbi abadiy vataniga tegishli. Gordon sog‘lom va ekologik toza oziq-ovqat tarafdori bo‘lib, butun oilasi va taklif etiladigan mehmonlar uning Uiltshirdagi ingliz qo‘rg‘onida yetishtirilgan mahsulotlarni iste’mol qilishadi.
Trudi erini doim qo‘llab-quvvatlaydi, ular Gordon uchun qiyin paytlarda tanishishdi, musiqachining ikkita ajralishini — guruhi va rafiqasi bilan bo‘lgan ayriliqni birgalikda boshdan kechirishdi va o‘n yil o‘tgachgina turmush qurishdi.


Intervyularining birida Sting o‘sha og‘ir yillarda Trudining qo‘llab-quvvatlashisiz aqldan ozgan bo‘lishini tan oladi. Yaqin do‘stlarining ta’kidlashicha, er-xotin haligacha qo‘l ushlashib, bir-birlarini bag‘riga bosib yurishadi.