Prezident administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Bahodir Maxsutovich Yunusov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.
Prezident matbuot xizmati bosh konsultanti lavozimida ishlab kelgan Bahodir Yunusov 2024-yil sentyabrida prezident matbuot xizmati sho‘ba mudiri etib tayinlangandi.
Yunusov undan avval ko‘p yillar davomida O‘zbekiston MTRK tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan, so‘ng Vazirlar Mahkamasining departamentlaridan birida ham ishlagan. 2017-yilda MTRK raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.