• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Bokuda Tashkent Content Market platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2-oktyabr kuni Boku Kongress markazida o‘tkazilgan CICA Media Forum doirasida O‘zbekistonda yaratilayotgan media kontentni xalqaro bozorlarda ilgari surish va tarqatishga qaratilgan Tashkent Content Market (TCM) platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Building Trust through Media in a Polarized World” mavzusidagi forum doirasidagi tadbir Ozarbayjon Respublikasi Media va teleradioeshittirish kengashi ko‘magida tashkil etildi. Unda Ozarbayjon televideniye va media industriyasi vakillari, shuningdek, xalqaro media-forum ishtirokchilari qatnashdi.

Taqdimot davomida TCM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari hamda O‘zbekistonda yaratilayotgan televideniye, hujjatli, ko‘ngilochar va raqamli kontentni xorijiy bozorlarda ilgari surish istiqbollari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, telekompaniyalar, media platformalar, prodyuserlik markazlari va kontent huquq egalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.

Tashkent Content Market xalqaro ishtirokchilari orasida Amazon MGM Studios, Prime Video, BBC Studios, CNN, Sony, Banijay Americas, NBCUniversal, Netflix, Roku, YouTube, Warner Bros., ZDF, Canal+, France TV, TF1, Tencent Video, iQIYI va mk2 kabi kompaniyalar bor.

TCM orqali O‘zbekistonda yaratilgan kontentni xorijiy kompaniyalarga namoyish etish, uni xarid qilish va tarqatish, shuningdek, qo‘shma media loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari taqdim etiladi. Ozarbayjonning telekanallari, prodyuserlik kompaniyalari va kontent huquq egalari ham platforma orqali xalqaro auditoriyaga chiqish va yangi hamkorlar topish imkoniyatiga ega bo‘lishi qayd etildi.

Tashkent Content Market MDH hududidagi yirik kontent marketlaridan biriga aylanishi va turli mamlakatlarning kontent ishlab chiqaruvchilari, telekanallari, OTT platformalari, distribyutorlari hamda huquq egalari vakillarini birlashtirishi kutilmoqda.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *