• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Ustyurtda sayg‘oqlarni asrash uchun beshta avtonom suv ichish tizimi o‘rnatildi



Qoraqalpog‘istonning Ustyurt cho‘lida sayg‘oqlar va boshqa yovvoyi hayvonlarni suv bilan ta’minlash maqsadida beshta avtonom suv ichish tizimi o‘rnatildi.

Loyiha Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamg‘arma bilan hamkorlikda “Aral Sea Wetlands” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Tizimlar “Saygachiy” kompleks landshaft buyurtma qo‘riqxonasida o‘rnatilgan. Har bir qurilma 3 kub metr sig‘imli suv havzasi, nasos, datchik va hisoblagichlardan iborat bo‘lib, quyosh energiyasida ishlaydi va avtomatik boshqariladi. Bu markazlashgan elektr va suv tarmoqlariga doimiy ulanishsiz suvni barqaror yetkazib berish imkonini beradi.

Shuningdek, hududga hayvonlarni kuzatish uchun 10 ta kamera va 10 ta fototuzoq o‘rnatildi. Ular sayg‘oqlarning sutka davomida harakatlanishi, suv ichish joylaridan foydalanishi va populyatsiyalar holati bo‘yicha ma’lumot to‘plash imkonini beradi.

Qayd etilishicha, suv resurslari cheklangan Ustyurt sharoitida qo‘shimcha suv manbalarini yaratish yovvoyi hayvonlar, jumladan sayg‘oqlar populyatsiyasini saqlash va tiklash uchun muhim hisoblanadi.

2021-yilning fevral oyida Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlari hududida joylashgan “Saygachiy” majmua buyurtmaxonasida doimiy marshrutlardagi sayg‘oqlarning sanog‘i o‘tkazilgandi.

O‘shanda qo‘riqxona hududida rezident (mahalliy) va qishki janubga ko‘chish paytida chegara devoridagi o‘tish joylari orqali Qozog‘istondan kirib kelishi mumkin bo‘lganlar bilan birgalikda 100 ga yaqin sayg‘oq yashashi aniqlangan.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *