• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi kaltaklashi oqibatida vafot etdi



Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida 2022-yilda tug‘ilgan qiz o‘gay onasi kaltaklashi oqibatida vafot etgani aytilmoqda. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 26-sentyabr kuni Kasbi tumanida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan I.S. turmush o‘rtog‘i — 1988-yilda tug‘ilgan N.A. bilan o‘zaro nizolashib, uning voyaga yetmagan farzandi O.Sh.ni urgan.

Oqibatda qiz bosh qismidan jiddiy jarohat olgan. Uning sog‘lig‘i keskin yomonlashib, shu kunning o‘zida vafot etgan.

Holat yuzasidan 27-sentyabr kuni tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 126-moddasi (oilaviy zo‘ravonlik) 8-qismi “g” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

I.S. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasiga (ushlab turish asoslari) asosan gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani ma‘lumotiga ko‘ra, Jinoyat kodeksida ushbu jinoyat uchun 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olingan va jinoyat ishi yurituvi yuzasidan kuzatuv davom ettiriladi.

Avvalroq Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qullagani haqida xabar berilgandi.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *