• Ср. Окт 7th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Jorje Jezush Ronaldu bilan yarashish uchun uchrashuvga rozi bo‘ldi



Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush mojaroni hal qilish uchun Krishtianu Ronaldu bilan uchrashishga rozi bo’ldi.

A Bola xabariga ko‘ra, murabbiyi Portugaliya futbol federatsiyasining bu boradagi taklifini ma’qulladi. Federatsiya endi Ronalduning o‘zidan javob kutmoqda.

Hozirda 41 yoshli hujumchining atrofidagilar bilan muzokaralar davom etmoqda. Uchrashuv neytral hududda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Jezush Ronalduni zaxira o‘rindig‘iga qoldirishga qaror qilganidan keyin futbolchi terma jamoa shtabini tark etgandi. Shundan so‘ng ziddiyat kuchayib ketdi.

Murabbiy o‘z qarorini hali ham to‘g‘ri deb biladi, ammo jamoa atrofidagi keskinlikni kamaytirish va barqarorlikni tiklash zarurligi uchun Ronaldu bilan uchrashishga rozi.

Ronaldu terma jamoadan ketganidan beri vaziyat haqida hali ochiqchasiga izoh bermadi. A Bola xabariga ko‘ra, u Madridda. Hozir vaziyat Krishtianuning qaroriga bog‘liq — u muzokaralarga rozi bo‘lib, murosaga kelishi yoki uchrashuvni bekor qilishi mumkin.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *