AQSHning Massachusets shtatida ikki boshli bo‘rtiq toshbaqa bolasi dunyoga keldi.
Vazni bor-yo‘g‘i 5,2 gramm bo‘lgan g‘ayrioddiy jonzot Uellflitdagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududdan topildi. U yerdan ushbu noyob sudralib yuruvchi Barnsteybldagi Keyp yovvoyi tabiat markazi mutaxassislariga topshirildi. Keyinchalik markaz xodimlari o‘zlarining noyob parvarishlanuvchisi aks etgan ilk kadrlarni ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishdi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ular so‘nggi 5 yil ichida bunday holatga atigi ikki marta duch kelishgan.
“Garchi biz bu g‘ayritabiiy anomaliyaga avval ham duch kelgan bo‘lsak-da, har bir shunday holat bu ajoyib hayvonlarning anatomiyasi va fiziologiyasi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishimizga imkon yaratadi. Hozirda jamoamiz ushbu bolakayning (yoki jajji bolalarning?) ishtahasi, o‘sishi va o‘zini tutishini diqqat bilan kuzatmoqda”, deya qayd etishdi markazdagilar”
