• Ср. Ноя 18th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

AQSHda parkovka mojarosi sabab 12 yashar qiz otib o‘ldirildi



AQSHning Baltimor shahridagi avtoturargohda joy talashib, otishma sodir etgan shaxslar 12 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda shahar politsiyasiga tayanib, BBC xabar berdi.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, ikki erkak bolalar futbol o‘ynaydigan park yaqinidagi avtoturargohda tortishib qolgan. Mojaro otishmaga aylanib, ular bir-biriga qarata o‘t ochgan. Oqibatda, shu atrofda bo‘lgan 12 yoshli qiz o‘qlar orasida qolib ketgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya yana bir ayolni o‘qotar quroldan yaralangan holda topdi. Bundan tashqari, otishmada jarohatlangani taxmin qilinayotgan ikki erkak ham mahalliy shifoxonalarga murojaat qilgan.

Baltimor politsiyasi rahbari Richard Uorlining aytishicha, kamida ikki gumonlanuvchi qidirilmoqda. Hozircha hech kim hibsga olinmagan.

Politsiya qiz ataylab nishonga olinmaganini ta’kidladi. Uning shaxsi hozircha oshkor etilmagan.

Qiz shifoxonada vafot etgan. Yana uch yaradorning ahvoli barqaror.

Politsiya hodisa tafsilotlarini o‘rganishda davom etmoqda. Guvohlardan tergovga yordam berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish so‘ralgan. Hozircha nechta o‘q uzilgani ham noma’lum.

Avvalroq Meksikadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuz bergan otishmada bir kishi halok bo‘lgandi. Yana olti kishi, jumladan 12 yoshli o‘smir shifoxonaga yotqizilgan.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *