• Ср. Ноя 18th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

“Tarixiy natija uchun mukofot yo‘q” — qozog‘istonlik shaxmatchi Olimpiadada kumush medali uchun mukofot puli berilmaganidan norozi bo‘ldi



Qozog‘istonlik shaxmatchi Alua Nurman 2026-yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasida qo‘lga kiritilgan kumush medali uchun sportchilarga davlat tomonidan hech qanday mukofot puli to‘lanmasligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ushbu nufuzli musobaqa mukofotlanadigan turnirlar ro‘yxatiga kiritilmagan.

Sportchi Qozog‘istonga qaytganidan so‘ng mas’ullardan eshitgan javobidan hayratda qolganini yashirmadi:

Shaxmatchi sport mutasaddilariga yuzlanib, qator haqli savollarni o‘rtaga tashladi:

Ma’lumot o‘rnida, 2026-yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi 16–27-sentyabr kunlari O’zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Qozog‘iston ayollar terma jamoasi musobaqa davomida birorta ham uchrashuvda mag‘lub bo‘lmay, 18 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan faxriy unvonlar bilan taqdirlangan edi. Shuningdek, shaxmatchilarga prezident sovg‘asi sifatida Volkswagen avtomobili, kottej uylar va 200 ming dollardan pul mukofoti topshirildi.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *