Eron Los Anjeles yoki San Diyego shaharlarini “yo‘q qilishi” mumkin, bu kichik badal bo‘ladi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp Nebraska shtatidagi nutqida ma’lum qildi.
Prezidentning bayonoti nimaga asoslangani noma’lum. Tramp o‘z nutqida Kongressga oraliq saylovlarda “ulkan g‘alaba”ni kutayotganini bildirgan.
Tramp Eron bilan urush tufayli tovarlar va yoqilg‘i narxlari sun’iy ravishda oshirilganini ta’kidlagan.
Miting ishtirokchilari prezidentning so‘zlarini qarsaklar bilan qarshi olgan. Prezidentning bayonoti Kaliforniya rahbarlari tomonidan keskin tanqid qilingan. Gubernator Gevin Nyusom prezidentni “aqldan ozgan va xavfli shaxs” deb atagan. San Diyego meri Todd Gloriya shahar va uning aholisi “sarflanadigan material emas”ligini aytgan. San Diyegodan Kongressga respublikachi nomzod Jim Desmond ham Trampning so‘zlariga qarshi chiqqan.
Nebraska an’anaviy ravishda respublikachi shtat hisoblanadi, Kaliforniyada esa demokratlarning pozitsiyasi kuchliroq. AQSH va Isroil fevral oyi oxiridan beri Eron bilan urushmoqda. Tramp Tehronning yadroviy qurol ishlab chiqishining oldini olish uchun harbiy harakatlar zarurligini aytgan. O‘z navbatida, MAGATE Eron uranni yadroviy qurol darajasida boyitayotganiga dalil topmagan.