• Ср. Ноя 18th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Erling Holand o‘ziga yangi jamoa tanladi — Football Insider



“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand klub moliyaviy qoidabuzarliklar sabab quyi ligaga tushirib yuborilgan taqdirda, Kataloniyaning “Barselona” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, norvegiyalik hujumchining atrofidagi vaziyatni Madridning “Real” klubi ham diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, futbolchga Angliyaning boshqa bir jamoasi “Arsenal” ham jiddiy qiziqish bildirgan. Ammo futbolchi klubini almashtirishga qaror qilsa, faoliyatini APL jamoalarida emas, balki Ispaniya La Ligasida davom ettirishni istamoqda.

“Barselona” bir necha yildan buyon Holandni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilib kelmoqda. Agar hujumchida “Siti”ni tark etish istagi paydo bo‘lsa, Kataloniya klubi uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi.

Ma’lumot uchun, Erling Holand 2023-yildan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilib keladi. Futbolchi hozirga qadar klub safida jami 205 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 169 ta gol va 30 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2034-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali norvegiyalik hujumchining qiymatini 220 million yevroga baholagan.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *