Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan kelishmovchiliklarni vaqt o‘tishi bilan bartaraf etishga umid qilmoqda.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi yuzaga kelgan vaziyatga xotirjam munosabatda bo‘lmoqda va murabbiy bilan nizoni to‘liq hal qilish mumkin deb hisoblaydi. Shu bilan birga, Ronaldu Portugaliya futbol federatsiyasiga (FPF) qarshi chiqishni maqsad qilmagan.
Nashr qayd etishicha, futbolchi o‘z bayonotini e’lon qilishdan oldin hurmat yuzasidan federatsiyani bundan xabardor qilgan. Ronaldu o‘z oldiga jamoatchilik fikrini o‘z foydasiga shakllantirishni emas, balki voqealar rivojiga o‘z nuqtayi nazarini bildirishni maqsad qilgan.
Hozirda hujumchi va federatsiya o‘rtasidagi aloqa kanallari ochiq qolmoqda. Yaqin vaqt ichida tomonlar vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashishi ham mumkin. Manba ma’lumotiga ko‘ra, Jorje Jezushning terma jamoa bosh murabbiyi lavozimidagi kelajagi borasida shubha yo‘q.
Avvalroq, Ronaldu Jezushning 27-sentabr kuni Norvegiyaga qarshi Millatlar Ligasi uchrashuvida uni maydonga tushirmaslik haqidagi qaroridan so‘ng terma jamoa ixtiyorini tark etgandi. Shundan keyin hujumchining xalqaro faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.