• Ср. Ноя 18th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Arsen Venger FIFA prezidenti bo‘ladimi?

Окт 10, 2026 #Arsen, #boladimi, #FIFA, #prezidenti, #Venger



Londonning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger FIFA prezidenti saylovida Janni Infantinoga raqib bo‘lishi mumkin.

FIFA prezidentligi uchun saylovlar 2027-yil 18-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozircha tashkilotning amaldagi rahbari Janni Infantino bo‘lajak saylovda ishtirok etishini rasman e’lon qilgan yagona nomzod bo‘lib turibdi.

The Times nashri xabariga ko‘ra, shveysariyalik funksionerning muxoliflari nomzodlarni ko‘rsatish muddati yakunlanguniga qadar unga jiddiy raqib topishga harakat qilmoqda. Nomzodlarni ko‘rsatish muddati 18-noyabr kuni tugaydi. Ularning ayrimlari Arsen Vengerni saylovda ishtirok etishga ko‘ndirmoqchi.

Ayni vaqtda fransiyalik mutaxassis FIFAning global futbolni rivojlantirish bo‘yicha rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda. U avval 22 yil davomida “Arsenal” klubini boshqargan va jamoa bilan uch marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.

FIFA prezidentligi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan yana bir nomzod — Iordaniya shahzodasi Ali bin al-Husayn. U 2016-yilgi saylovda ham Infantino bilan raqobatlashgan, biroq ikkinchi turda shveysariyalik funksionerga imkoniyatni boy bergan.

Avvalroq FIFA prezidentligiga ehtimoliy nomzodlardan biri sifatida tilga olingan KONKAKAF prezidenti Viktor Montalani esa o‘z nomzodini ilgari surishni rejalashtirmagan.

Shu tariqa, 2027-yilgi saylovda Janni Infantinoga kim raqib bo‘lishi hozircha ochiq qolmoqda.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *