• Ср. Ноя 18th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Tramp oʻz ijtimoiy tarmogʻi xodimasini Oq uy matbuot kotibi etib tayinladi



AQSH prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻi xodimasi Keti Zaxariyani Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinladi. Bu haqda u oʻzining Truth Socialʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

Truth Social 2021-yilda Tramp tomonidan tashkil etilgan Trump Media & Technology Group media kompaniyasiga tegishli. Kompaniya Truth+ striming xizmatiga ham egalik qiladi. Bundan tashqari, 2026-yil avgust oyida Truth API nomli pullik xizmatni ishga tushirgan. Bu xizmat prezident va Truth Socialʼdagi mashhur akkauntlarning postlarini tezkor oʻqish imkonini beradi.

Trampning aytishicha, Zaxariya Pepperdine universiteti hamda uning tarkibidagi Caruso huquq maktabini aʼlo baholar bilan tamomlagan. U Trampning saylovoldi kampaniyalarida qatnashib, gʻolibni oldindan aytish qiyin boʻlgan muhim shtatlarda uning gʻalaba qozonishiga yordam bergan. Zaxariya Fox News va Newsmax telekanallarida ham tez-tez siyosiy sharhlovchi sifatida chiqish qiladi.

Zaxariya tayinlov uchun Trampga minnatdorlik bildirdi.

Avvalroq The New York Times oʻz manbalariga tayanib, Zaxariyaning ushbu lavozimga tayinlanishi haqida xabar bergandi. U ilgari AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning matbuot kotibi vazifasini bajargan. Noem 2026-yil mart oyida vazirlikdan ketgan.

Oq uy matbuot kotibi lavozimini 2025-yil yanvaridan avgustigacha Kerolayn Levitt egallagandi. U Trampning birinchi prezidentlik davrida matbuot kotibi yordamchisi boʻlgan, keyinchalik uning saylovoldi kampaniyasida ham qatnashgan.

Trampning tushuntirishicha, Levitt oilasiga koʻproq vaqt ajratish uchun lavozimini tark etgan. U 2026-yil may oyida ikkinchi farzandini dunyoga keltirgan.

Levitt bundan keyin ham prezidentga shtatdan tashqari maslahatchi sifatida yordam beradi. Shuningdek, 1-noyabrdan Fox News telekanalida sharhlovchilik faoliyatini boshlaydi.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *