• Ср. Ноя 18th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Polshada bosh vazir va mudofaa vaziriga suiqasd uyushtirish rejalashtirilgan — mamlakat ichki ishlar vazirligi



Polsha politsiyasiga mamlakat bosh vaziri Donald Tusk va mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamishga nisbatan suiqasd uyushtirilishi mumkinligi haqida ma’lumot kelib tushdi. Bu haqda Polsha maxsus xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vazir matbuot kotibi Yatsek Dobjinskiy ma’lum qildi deb yozmoqda “Meduza”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vazir Tomas Semonyak hamda ichki ishlar va ma’muriyat vaziri Marcin Kerivinskiy mazkur ma’lumot ortidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriq bergan.

Mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da Varshavada Polsha Ichki xavfsizlik agentligi (ABW) xodimlari hamda Ichki ishlar va ma’muriyat vazirligiga bo‘ysunuvchi idoralar — politsiya va davlat muhofazasi xizmati (SOP) vakillari ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazilishi belgilangan.

Dobjinskiy jurnalistlarga nima sababdan politsiya ehtimoliy suiqasd haqidagi ma’lumotni oshkor qilishga qaror qilganini ham tushuntirdi.

“Bugun ko‘plab telekanallarda turli soxta ekspertlar chiqish qilib, ishonchsizlik bildirayotganini va nega bu ish haqida xabar berganimizni so‘rayotganini bilaman. Chunki, yana bir bor ta’kidlayman, gap o‘ta jiddiy, hayot uchun xavfli tahdid haqida ketmoqda”, dedi u.

Shu bilan birga, matbuot kotibi tahdidning aynan nimadan iborat bo‘lgani, uni kim uyushtirgan bo‘lishi mumkinligi va maxsus xizmatlar tekshiruvining qaysi bosqichda ekani haqida batafsil ma’lumot bermadi.

Gazeta Wyborcza nashrining xabar berishicha, tahdidning oldi olingan.

Avvalroq, Yevropa razvedka xizmatlari Rossiya maxsus xizmatlari mudofaa sanoati kompaniyalari rahbarlariga suiqasd uyushtirish harakatlarini kuchaytirayotgani haqida ogohlantirgan edi. Shu sababli Yevropadagi bir qator mudofaa kompaniyalari o‘z top-menejerlarining shaxsiy xavfsizligini kuchaytirmoqda.



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *