• Ср. Ноя 18th, 2026

Дунё ўзбеклари

Журналист Исмат Хушевнинг мустақил интернет-газетаси

Elit OCHL. “Neftchi” Saudiya Arabistonida “An-Nassr”ga mag‘lub bo‘ldi



Elit Osiyo Chempionlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan bahsda Farg‘onaning “Neftchi” klubi Saudiya Arabistonida “An-Nassr” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Ar-Riyoddagi “Al-Avval Park” stadionida o‘tgan uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida “An-Nassr” ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 33-daqiqada Angelo hisobni ochdi, tanaffus arafasida esa Krishtianu Ronaldu farqni ikkitaga oshirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida “Neftchi” hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 51-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Alisher Odilov farg‘onaliklarning yagona golini urdi. Biroq 65-daqiqada Ikromjon Aliboyev to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.

Bir kishi kam bo‘lib qolgan “Neftchi” 78-daqiqada yana gol o‘tkazib yubordi. Jamoa sardori Anvar G‘ofurov to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham keskin va murosasiz o‘tdi, ammo darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.

Ikki turdan so‘ng “Neftchi” 3 ochko bilan G‘arbiy mintaqa turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Xuddi shuncha ochko to‘plagan “An-Nassr” esa 8-pog‘onani egallab turibdi.

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi, 2-tur

“An-Nassr” — “Neftchi” 3:1
Gollar
: Angelo (33), Krishtianu Ronaldu (42) — Alisher Odilov (51), Anvar G‘ofurov (78, avtogol).

“An-Nassr”: Bento, Navaf Bushal, Muhammad Simakan (Nader Al Sharari, 72), Salem Kosta, Avad Aman, Lukas Martines, Angelo, Kingsli Koman (Ayman Yahyo, 13; Abdulloh Al-Xaybari, 72), Joau Feliks, Sadio Mane, Krishtianu Ronaldu.

“Neftchi”: Botirali Ergashev, Koffi Kuau, Boyan Siger, Marselo Augusto (Ratinho, 70), Ibrohim Yuldashev (Farruh Sayfiyev, 46), Anvar G‘ofurov, Iqboljon Aliboyev, Jamshid Iskanderov, Abror Ismoilov (Asilbek Jumayev, 62), Yannis Sasse (Alisher Odilov, 46), Markus Forss (Stipe Peritsa, 63).

Chetlatish: Ikromjon Aliboyev (65).



Манба

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *